So’nggi yangiliklar

09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  6 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0

Futzal. Amaldagi chempion AGMK peshqadam "Paxtakor"ni yirik hisobda taslim qildi GALEREYA Yangiliklar

Futzal. Amaldagi chempion AGMK peshqadam "Paxtakor"ni yirik hisobda taslim qildi GALEREYA

SHu kunlarda futzal bo'yicha XXIV O'zbekiston chempionatining 6-tur bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvlarga Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasi mezbonlik qilmoqda. Bugun turning markaziy to'qnashuvi bo'lib o'tdi. Unda ayni paytdagi peshqadam "Paxtakor" amaldagi chempion AGMK bilan kuch sinashdi. Bahsda hisobni "sherlar" ochishdi. 3-daqiqada Sunnatilla Jo'raevning jarimadan tepgan zarbasi Rustam Umarov darvozasidan joy oldi. SHundan keyin tabloda faqat AGMK nomi ostidagi raqam o'zgardi. Yani, Aleksandr Petrov shogirdlari 5 bor toshkentliklar darvozasini ishg'ol qilishdi. Odatda katta o'yinlarni katta o'yinchilar yutishadi. Bugun ham shunday bo'ldi. 1-bo'limda hisob 1:1 bo'lib turgan bir paytda olmaliqliklar kiperi Rustam Umarov ikki bor dabl penaltini qaytardi va jamoasini g'alaba uchun kurashda saqlab qoldi.

CHempionatning markaziy o'yinidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov

Futzal

XXIV O'zbekiston chempionati, 6-tur

15.10.2020, "O'zbekiston" sport majmuasi

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, SHavkat Muxitdinov, Hushnud Atamurodov.

"Paxtakor" - AGMK 1:5

Gollar: S.Jo'raev 3 - D.Valijonov 14, D.CHoriev 22, 37, A.Ibragimov 33 (avtogol), A.Rahmatov 37

Amalga oshirilmagan dabl penaltilar: A.Abduvaliev 18, F.Faxriddinov 19

"Paxtakor" (birinchi beshlik): 13.Akmal Xazratqulov, 7.Sunnatilla Jo'raev, 8.Farhod Abdumavlonov, 14.Konstantin Sviridov, 27.Feruz Faxriddinov.

Zaxira: 1.Ravshan Eliboev, 3.Mashrab Odilov, 9.Dilmurod SHavkatov, 11.Avazbek Abduvaliev, 18.Ilhom Rajabov, 23.SHerzod Mustafoev, 77.Alisher Ibragimov, 99.Muhammad Zoirov.

AGMK (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 5.Ilhom Hamroev, 6.Abdulla Solihov, 8.Husniddin Nishonov, 22.Anasxon Rahmatov.

Zaxira: 12.Akobirjon SHokirjonov, 2.Abbosbek O'lmasbekov, 3.Temur Berdiev, 4.Ixtiyor Ropiev, 7.Davron Abdurahmonov, 9.Alan Aminov, 10.Davron Valijonov, 15.Po'lat Olimov, 17.Muzaffar Ahadjonov, 19.Davron CHoriev.

Ogohlantirish: D.Valijonov 18


Oliy liga 6-turining bugun bo'lib o'tgan o'yinlarida qayd etilgan natijalar:

15.10.2020

"Bunyodkor" - "Xuaxin Jizzax" 2:2

"Metallurg" - "Qo'qon-1912" 10:6

"Paxtakor" - AGMK 1:5

"Lokomotiv" - "Navbahor" 4:4

"Maksam-CHirchiq" - "Stroitel-Z" 3:4

"Nasaf" - "Buxoro" 8:4

Ayni paytga kelib "Paxtakor" hisobida 39, AGMKda esa 37 ochko mavjud.


Futzal bo'yicha Oliy liga 6-turning bugungi o'yinlaridan keyingi turnir jadvali



CHempionatning markaziy o'yinidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика