Futzal. Aleksandr Zabiradze: "O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman va Osiyo chempionatida omad tilayman"
20 noy 2020 16:00
Yangiliklar
Futzal. Aleksandr Zabiradze: "O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman va Osiyo chempionatida omad tilayman"
Toshkentda o'tgan bellashuvda vakillarimiz 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan so'ng Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Zabiradze fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yaxshi o'yin o'tkazdik. O'zbekiston ham kuchli terma jamoa. Bundan xabarimiz bor edi. Yigitlarga harakat qilishgani uchun rahmat aytaman. Tarkibimizda 4-5 nafar asosiy o'yinchilarimiz yo'q. O'yinchilarimiz dastlabki daqiqadan boshlab oxirigacha kurashishdi. O'zbekistonni esa g'alaba bilan tabriklayman va Osiyo chempionatida omad tilayman. Koronavirus, jarohatlar va boshqa sabablar tufayli bir nechta futzalchilar biz bilan birga emas. Fayzali Sardorov ham jarohat olgan. SHuningdek SHavkat Halimov, SHaripov, Umid kabilar jamoani kuchaytira oladi.
Jamoamdagi yosh futzalchilar haqida faqat ijobiy fikr bildiraman. O'zlaridan yaxshi tassurot qoldirishdi", - deydi Aleksandr Zabiradze.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar