Futzal. AGMK yarim finalda Eron chempioniga qarshi o'ynaydi
14 avg 2019 20:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/512324_original.jpg)
![](/upload/storage/512324_220.jpg)
Futzal. AGMK yarim finalda Eron chempioniga qarshi o'ynaydi
Biroz avval yakuniga etgan bahsda mamlakatimiz chempioni AGMK musobaqa mezboni hisoblangan Tailand chempioni "Port FK"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. SHu tariqa, Aleksandr Petrov boshchiligidagi olmaliqliklar o'z tarixlarida birinchi marta ushbu musobaqaning 1/2 finaliga yo'l olishdi.
Yarim finalda AGMKning raqibi Eron chempioni "Mes Sungun" jamoasi bo'ladi. Forslar bugun Livan chempioni "Bank Beyrut"ni ekstra taymlarda kiritilgan gol evaziga katta qiyinchilik bilan mag'lub etishdi.
Futzal
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
1/4 final. 14.08.2019
"Nagoya Oushens" (Yaponiya) - "Vamos Mataram" (Indoneziya) 3:1
"Bank Beyrut" (Livan) - "Mes Sungun" (Eron) 2:3
"Tay Son Nam" (Vetnam) - "SHenzen Nanling" (Xitoy) 5:1
"Port FK" (Tailand) - AGMK 3:4
Yarim final o'yinlari ertaga bo'lib o'tadi.
Futzal
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
Yarim final. 15.08.2019
13:00. "Tay Son Nam" (Vetnam) - "Nagoya Oushens" (Yaponiya)
16:00. AGMK (O'zbekiston) - "Mes Sungun" (Eron)
P.S. Uchrashuvlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Final ostonasida AGMK futzalchilariga omad va g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar