So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  23 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  5 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  10 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  1 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  3 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  11 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  29 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  3 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

Futzal. AGMK uchinchi o'rin uchun o'yinda "Tay Son Nam"ga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

Futzal. AGMK uchinchi o'rin uchun o'yinda "Tay Son Nam"ga imkoniyatni boy berdi

Bugun futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakunlanadi.

Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilayotgan musobaqada uchinchi o'rin uchun va final o'yinlari o'tkaziladi.

AGMK va "Tay Son Nam" o'rtasidagi uchrashuvdan onlayn translyaciyani shu sahifa orqali kuzatib bordingiz.

Futzal

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

Uchinchi o'rin uchun

17.08.2019, 13:30

"Bangkok arena"

AGMK - "Tay Son Nam" 4:6

Gollar: A.Usmonov 1, M.Odilov 2, I.Ropiev 6, D.CHoriev 34 - SHimizu Kazuya 5, 37, 40, I.Ropiev 24 (avt.), T.T.Pxi 27, T.T.Xuy 28

Darvozabon: 1.Rustam Umarov (sardor)

Futzalchilar: 3.Mashrab Odilov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron CHoriev, 11.Temur Berdiev.

Zaxira: 2.Abbosbek O'lmasbekov (darvozabon), 4.Ixtiyor Ropiev, 5.Ilhomjon Hamroev, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Davron Valijonov, 14.Anasxon Rahmatov.

"Tay Son Nam": 1.Xo Van (darvozabon), 2.Nguyen Van Xuy (darvozabon).

Futzalchilar: 3.Li Kuok Nam, 4.Pxat, 5.Alireza Rafiepur, 6.Pxam Duk Xoa, 7.Nguyen An Duy, 8.Nguyen Min Tri, 9.Tran Tay Xuy, 10.Vu Duk Tung, 11.Tran van Vu, 12.SHimizu Kazuya, 13.Nguyen Man Dung, 14.Ton Tat Pxi.

Ogohlantirishlar: M.Odilov 25, D.Valijonov 38, D.CHoriev 40


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Afsuski, AGMK birinchi bo'limdan so'ng 3:1 hisobida oldinda borayotganiga qaramay yakunda g'alabani boy berdi.

40. Gol, afsuski masala hal bo'ldi. Yana SHimizu.

40. SHimizuni yiqitgani uchun CHoriev ogohlantirildi.

38. Petrov o'ynovchi darvozabonni tushirdi.

37. CHorievning jarimadan tepgan to'pi biroz yuqoridan o'tib ketdi.

37. Gol, SHimizu raqiblarni oldinga olib chiqdi.

35. Ehh, Anasxon Rahmatov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

34. Goooooooolllllll, Davron CHoriev muvozanatni tikladi.

34. Ehheee, to'p darvozaga kirishni xohlamasa qiyin ekan. Usmonov gol urishi mumkin ediii

30. Zarbaaa, afsuski Ropievning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

28. Gol, Tran Tan Xuy vetnamliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

27. Gol, afsuski Ton Tat Pxi hisobni tenglashtirdi.

25. Zarbaaaa, CHorievning ajoyib pasidan keyin Akbar Usmonov raqib kiperi qarshisida yolg'iz qoldi va darvozabonning o'ziga zarba berdi.

24. Gol, Raqib darvozabonining oshirib bergan to'pini qaytarmoqchi bo'lgan Ixtiyor Ropiev uni o'z darvozasiga yo'naltirib yubordi.

23. AGMK futzalchilari ketma-ket qilishdi, ammo gol ura olishmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha Aleksandr Petrov shogirdlari 3:1 hisobida g'alaba qozonishmoqda.

15. Ilhom Hamroevning tezkor qarshi hujumdan so'ng noaniq zarba berdi.yu

14. Hamroevning yon chiziqdan tashlab bergan to'piga Ropiev kuchli zarba berdi. Ancha noaniq.

8. Pxatning kuchli zarbasidan keyin Rustam Umarov to'pni qaytardi.

6. Gooooooolllll, Ixtiyor Ropievvvv uchinchi golni urdi.

6. Akbar Usmonovning chap oyoqda bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

5. Gol, SHimizu hisobni qisqartirdi.

2. Gooooooooollllll, Akbarning zarbasini darvozabon qaytardi,qaytgan to'pni esaMashrab Odilov darvozaga joylab qo'ydi.

1. Gooooooooollllllll, Davron CHoriev pressing qilib raqibdan to'pni olib qo'ydi va uni Akbar Usmonovni tashladi. Akbar esa hisobni ochdi.

Uchrashuv boshlandi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика