So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Futzal. AGMK yarim finalda Eron chempioniga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Futzal. AGMK yarim finalda Eron chempioniga mag'lub bo'ldi

Bugun futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yarim final bellashuvlari bo'lib o'tdi.

AGMK finalga chiqish uchun Eron chempioni "Mes Sungun"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan matnli translyaciya shu sahifada kuzatib bordingiz. O'yin "Sport TV" orqali jonli ko'rsatildi.

Afsuski, AGMK 3:7 hisobida mag'lub bo'ldi va finaldan quruq qoldi. Endi olmaliqliklar uchinchi o'rin uchun Vetnam chempioni "Tay Son Nam"ga qarshi bahs olib boradi.

Futzal

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

Yarim final

15.08.2019, 16:00

AGMK (O'zbekiston) - "Mes Sungun" (Eron) 3:7

Gollar: A.Usmonov 18, D.CHoriev 19, D.Rahmatov 32 - A.Asqari Konan 9, 31, F.Fahim 12, M.SHajari 14, M.Javid 16, 36, 36

AGMK — Darvozabon: 1.Rustam Umarov (sardor)

Futzalchilar: 4.Ixtiyor Ropiev, 5.Ilhomjon Hamroev, 6.Husniddin Nishonov, 7.Dilshod Rahmatov. 

Zaxira: 2.Abbosbek O'lmasbekov (darvozabon), 3.Mashrab Odilov, 8.Davron Valijonov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron CHoriev, 9.Alan Aminov, 11.Temur Berdiev, 13.Islombek Biyto'raev.

Bosh murabbiy: Aleksandr Petrov

"Mes Sungun": 1.Said Momeni, 2.Aoirizo Samimi (ikkisi darvozabon), 3.Muhammad Hojizoda, 4.Uesli Machado, 5.Muhammad SHajari, 6.Alirizo Vafoi, 7.Farhod Fahim, 8.Salar Agapur, 10.Babak Nasiri, 11.Abulqosim Orouji, 12.Alirizo Asqari Konan, 13.SHahab SHahnazian, 14.Mahdi Javid.

Bosh murabbiy: Ismoil Tagipur

Ogohlantirish: H.Nishonov 14

CHetlatish: H.Nishonov 16


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Endi AGMK futzalchilari uchinchi o'rin uchun Vetnamning "Tay Son Nam" klubiga qarshi to'p tepishadi.

38. Akbar Usmonov Samimiga borib urildi.

37. Javiddan navbatdagi zarba va Umarov to'pni qaytardi. Mahdi bugun istagancha tepayapti.

37. Yana gol, yana Javid. O'ynovchi darvozabon xato bo'ldi.

36. Gol, Petrov o'ynovchi darvozabonni tushirdi va pand edik.

33. Vafoi darvoza ustuni va to'sini kesishgan joyni poyladi.

32. Goooooooollllll, Rahmatov biroz avval o'tkazilgan goldagi aybini yuvdi. Dilshod sovuqqonlik bilan darvozabonni dog'da qoldirdi.

31. Gol, Asqari

31. Yana Mahdi Javidning zarbasi va yana Rustam Umarovdan seyv.

30. Davron Valijonov yana bir qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi.

29. Qanday vaziyat, Akbar Usmonovning yaxshi pasiga Davron Valijonov etib kela olmadi. Darvoza bo'sh qolgan edi-ya.

28. Islom Biyto'raevning zarbasini Samimi qaytardi.

27. Javidning zarbasini Rustam qaytardi, barakalla!

26. Ehh, AGMK futzalchilari to'pni olib qo'yishdi va uchga ikki chiqib ketishdi. Afsuski, CHoriev to'pni o'zida ushlab qoldi va vaziyat boy berildiyu

25. Rustam Umarov Nosirining aqlli zarbasini qaytarib qoldi.

25. Uhhh, Javidning ajoyib pasidan keyin Asqari Kanon Umarov qarshisida yolg'iz qoldi. Yaxshi hamki Asqari noaniq zarba berdi.

24. Dilshod Rahmatovning zarbasiga aniqlik etishmadi. Olmaliqliklar ikkinchi bo'limni ham birinchisi kabi ko'proq zarbalar bilan boshlashdi.

23. Umarov qo'li bilan to'pni hujumda turgan Ixtiyor Ropievga otib berdi. Ropiev esa to'pni ko'kragi bilan to'xtatdiyu, uni o'zidan salgina uzoqlashtirib yubordi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

AGMK futzalchilari birinchi bo'limni yaxshi boshlashdi va ko'proq zarbalar berib turishdi. Afsuski, o'tkazib yuborilgan birinchi goldan so'ng jamoa ochilib ketdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus.

20. Rahmatovning zarbasi va Samimidan seyv.

19. Goooooooolllllll, Davron CHorievvvvv. Akbar Usmonov to'p uchun oxirigacha kurashdi va uni olib qo'yib Davronga pas berdi.

18. Goooooolllllll, Akbar Usmonov hisobni biroz qisqartirdi.

16. Gol, bir kishi kam bo'lib qolganimiz pand berdi. Javid to'rtinchi golni urdi.

16. Endi bunisi etmay turgandi. Husniddin Nishonov ikkinchi sariq va ketidan qizil kartochka oldi. Endi AGMK 2 daqiqa bir kishi kam o'ynaydi.

14. Gol, afsuski yana gol. bu safar SHajari gol urdi.

14. Husniddin Nishonov Fahimni ortdan chalgani uchun ogohlantirildi.

12. Gol, Farhod Fahim kuchli zarba bilan ikkinchi golni urdi. Mashrab Odilov sirpanib yiqilib tushdi va bundan raqib unumli foydalandi.

9. Gol, Alirizo Asqari Konan Javidning pasidan keyin hisobni ochdi.

9. Orouji Hamroevni aldab o'tib noaniq zarba berdi. Qiyshiq tepishlaringga ko'z tegmasin

7. Zarbaaaaa, ehhhh Akbar Usmonov to'p uchun oxirigacha kurashdi va uni raqibdan olib qo'ydi. Darvozabon qarshisida esa gol ura olmadi.

- O'yindagi ustunlik forslar tomonida.

5. Rustam Umarov ishga kirishdi va xavfli zarbani qaytardiyu

5. Qanday vaziyatttt, Ixtiyor Ropievning birga bir vaziyatdan tepgan to'pini Alirizo Samimi qaytardi.

4. CHorievning zarbasini Samimi qaytardi.

3. Uhhh, sal qoldi-ya, Mahdi Javidning zarbasi to'singa tegdi. Bu borada hisob teng - 1:1.

2. Zarbaaa, Ilhom Hamroevning zarbasi ustunga tegdi. Golga juda yaqin kelgan edik-a...

Uchrashuv boshlandi! Olg'a, yigitlar!

- Bugun har ikkala jamoa tarkibida bittadan yo'qotish bor. AGMKda Anasxon Rahmatov sariq kartochkalari ikkita bo'lgani bois, "Mes Sungun"da esa Said Tagizoda jarohat olgani bois o'yinni o'tkazib yuboradi. Forslarning muhim o'yinchisi sanalgan Tagizoda 2-turda BAA chempioni "Al Dafra"ga qarshi bellashuvda jarohat olgan edi.

- Jamoalar parketga chiqib kelishmoqda. Bugungi uchrashuvni "championat.asia" o'quvchilari uchun kamina Tolibjon Qosimov matnli translyaciya qilib boraman.

- Afsuski, "Port FK"ga qarshi chorak final bahsida o'zining musobaqadagi ikkinchi sariq kartochkasini olgan Anasxon Rahmatov bugungi bellashuvni o'tkazib yuboradi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика