So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Futzal. AGMK Eron chempionidan 9ta gol qabul qilib oldi Yangiliklar

Futzal. AGMK Eron chempionidan 9ta gol qabul qilib oldi

Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turidan o'rin olgan o'yinlar davom ettirilmoqda.

O'zbekiston chempioni AGMK Eronning "Mes Sungun" jamoasi bilan bellashdi. Uchrashuvda olmaliqliklar forslarga 1:9 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Agar 16:00da boshlanadigan uchrashuvda Livan chempioni "Bank Beyrut" Tojikistonning "Sipar" jamoasini mag'lub etsa AGMK muddatidan oldin chorak finaldan quruq qoladi.


Futzal
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
"D" guruhi, 2-tur
AGMK - "Mes Sungun" 1:9
Gollar:
Akbar Usmonov 14 - Murtazo Izzati 5, H.Toyibi 9, 9, 27, 40, A.A.Hasanzoda 13, S.Taqizoda 17, F.Fahim 19, A.Orouji 30

AGMK (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 14.Konstantin Sviridov, 4.SHuhrat Tojiboev, 6.Javlon Anorov, 8.Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: 3.Mashrab Odilov, 5.Sarvar SHoahmedov, 7.Davron Abdurahmonov, 9.Andrey SHlema, 10.Jamoliddin SHaripov, 11.Sunnat Kuralov, 13.Akbar Usmonov.

"Mes Sungun" (birinchi beshlik): 2.Alirizo Samimi, 7.Ali Asqar Hassanzoda, 9.Said Taqizoda, 10.Husseyn Toyibi, 12.Farhod Fahim.
Zaxira: 1.Said Momeni, 3.Bahman Jafari, 4.Babaq Nosiri, 5.Hamid Ahmadidoza, 6.Mustafo Sangsefidi, 8.Murtazo Izzati, 11.Abulqosim Orouji, 13.Tuhid Lutfi, 14.Alirizo Kohan.

Ogohlantirish: S.SHoahmedov 23


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

40 - Toyibi o'zining uchrashuvdagi to'rtinchi golini urdi.

30 - Oroujini hech kim qarshi olmadi va u Umarovning oyoqlari orasidagi to'p sig'adigan bo'sh joyni topa oldi - 1:8.



27 - Toyibi yana bir bor standart vaziyatdan so'ng gol urmoqda.

23 - Sarvar SHoahmedov to'pni tepaman deb raqib posboniga zarba berib yuborgani uchun ogohlantirildi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.


19 - Gol, Farhod Fahim 3 o'yinchimizni osongina dog'da qoldirib gol urdi.

19 - Abdumavlonovning zarbasidan so'ng darvozaga kirib ketayotgan to'pni Ali Asqar Hassanzoda qaytarib yubordi.

17 - Himoyachilarning nazaridan chetda qolgan Said Taqizoda jamoasining beshinchi golini urdi.



14 - Gooool, Akbar Usmonov nihoyat vakillarimizning ushbu o'yindagi dastlabki golini kiritdi.

12 - Aleksandr Petrov o'ynovchi darvozabonni tushirdi.

9 - Gol, Husseyn Toyibi qandaydir soniyalar ichida ikki bor olmaliqliklar darvozasini nishonga oldi.

5 - Gol, standart vaziyatdan so'ng Murtazo Izzati yarim metrcha masofadan Umarov darvozasini ishg'ol qildi.

Reyting: -66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика