So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

Futzal. 6-turdan so'ng murabbiylarning fikrlari Yangiliklar

Futzal. 6-turdan so'ng murabbiylarning fikrlari

Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy Ligasidan o'rin olgan 6-tur bahslari bo'lib o'tdi.

“Huaxin-Jizzax” – “Metallurg” 6:1

Bahodir Ahmedov ("Huaxin-Jizzax" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Yigitlar bugun ham yomon o'ynashmadi. Yaxshi o'yin ko'rsatdik. O'zimizda yuzaga kelgan bazi vaziyatlardan foydalana olmadik. Uchrashuv avvalida qo'pol xato tufayli gol o'tkazib yubordik, lekin futzalchilar tushkunlikka tushib qolishmadi. CHiroyli o'yin bilan chiroyli g'alaba qozondik. Ajoyib uchrashuv uchun "Metallurg" jamoasiga minnatdorchilik bildiraman.

Ravshan Rajabov ("Metallurg" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Uchrashuv yaxshi kechdi. "Huaxin-Jizzax" jamoasiga qarshi o'ynash oson emas.

Futzalchilarim jismonan toliqqanligi sezilib qoldi. Ikki o'yinchimiz jarohatlangan, biri betob.

O'z xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Jizzaxliklarni g'alaba bilan tabriklayman.

“Maksam-CH” – “Neftchi” 4:5

Abdujabbor G'afforov ("Maksam-CHirchiq" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin tengkurashlar ostida kechdi. Uchrashuv davomida hisobda oldinda bordik, lekin oxirida natijani saqlab qola olmadik. Ikkita to'p o'tkazib yubordik va g'alabani qo'ldan chiqardik. Achinarli. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqibimizga omad ko'proq kulib boqdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman.

Rashid Jabborov ("Neftchi" futzal jamoasi sardori):

- Uchrashuv shiddatli ruhda kechdi. Teng kuchli jamoalar o'rtasidagi o'yinlar odatda shunday bo'ladi. Birinchi bo'limda 2 marta hisobda ortda qola turib, vaziyatni o'zgartitishga harakat qildik. SHu tufayli tanaffusdan keyin 5 kishi oldinga o'tishga majbur bo'ldik. Bu foyda berdi. SHukr, muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

“Navbahor” – “Bunyodkor” 4:3

Xurshid Tojiboev ("Navbahor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Qiziq bo'ldi. "Bunyodkor" jamoasi bilan oldin ham o'ynab, yutqazgandik. O'tgan turda qarshi hujumlardan gol o'tkazib yuborgandik. Bugun ham shu hol takrorlandi. SHunga qaramay, yigitlar ruhan yaxshi kurashishdi. Harakat qildik, o'z imkoniyatlarimizdan foydalandik va shuning hisobiga 3 ochko oldik.

Hozir tarkibimizga yangi futzalchilar qo'shilishgan, asosan ularga imkoniyat beryapmiz.

Abdulla Bo'riev ("Bunyodkor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugun o'yin shiddati juda yuqori bo'ldi. "Navbahor" jamoasi bizga qarshi juda yaxshi tayyorlangan ekan. Barchasi yaxshi boshlangandi, hisobda doim oldinda yurdik. Lekin bolalarning tajribasizligi oxirida pand berib qo'ydi. Hisobni ushlab qola olmadik, 3,5 daqiqa biz uchun ko'plik qildi...

“Nasaf” – “Stroitel-Z” 3:1

Alisher Yusupov (“Nasaf” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- G'alaba qozonganimizdan xursandman. Ketma-ket 3 kun davomida zaxira o'rindig'isiz o'yinlar o'tkazdik. Transfer oynasi vaqtida yangi futzalchilarni tarkibga jalb qilgan holda kelgusi turga tayyorgarlik ko'ramiz.

Iskandar Mahmudov (“Stroitel-Zarafshon” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Kecha "Lokomotiv"ga qarshi og'ir o'yin o'tkazdik va yigitlar ko'p kuch sarflashdi. SHu sabab bugungi bahsga qadar tiklana olmadik va yakunda bu narsa mag'lubiyatga olib keldi. Jismoniy tayyorgarligimiz uchrashuvning ilk soniyalaridan pressing qilib, hujumkor o'ynashga imkon bermaydi. SHu bois asosan qarshi hujumlarga tayanamiz.

AGMK – “Dinamo” 5:1

Aleksandr Petrov (AGMK futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- G'alaba qozonish doim yoqimli. Kechagi uchrashuvga ko'p kuch sarflaganimiz, etakchi o'yinchilarimiz yo'qligi bilindi. Bugun himoyada tartibli o'yin ko'rsatdik.

"Dinamo"da yosh va iqtidorli futzalchilar bor. Kelajakda ushbu jamoadan 2-3 o'yinchi O'zbekiston futzal terma jamoasida o'ynab keta olishiga ishonaman.

Dilshod Haydarqulov (“Dinamo” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- AGMK ko'p marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan. Jamoa tarkibida terma jamoa azolari to'p tepadi. Bizning yosh jamoamiz uchun ushbu bahs o'ziga xos tajriba bo'ldi. Yigitlarning o'yinlaridan 100 foiz qoniqdim. Kuchli jamoa g'alaba qozondi.

Bu tur 4 ochkoni qo'lga kiritdik. Yosh jamoamiz uchun buni yaxshi natija deya olaman.

“Lokomotiv” – “Paxtakor” 2:2

Ahadjon Yusupov ("Lokomotiv" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Tomoshabop o'yin guvohi bo'ldik. Buning uchun "Paxtakor" jamoasiga rahmat aytaman. Raqibning omadi keldi, deyish mumkin. Omad o'yin tugashiga 3 soniya qolganida yuz o'girdi.

Futzal shunday o'yinki, hakamning final xushtagi yangraguniga qadar o'ynash kerak. 1 soniyaga ham koncentratsiyani yo'qotish kerak emas. "Paxtakor"ni tabriklayman, shogirdlarimga etirozim yo'q. Omadga ham ko'p narsa bog'liq.

SHuhrat Tashmedov (“Paxtakor” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Yaxshi o'yin guvohi bo'ldik. “Lokomotiv” — kuchli raqib. Ikkala jamoa ham ko'p vaziyatlar yaratdi. O'yin tengkurashlar ostida o'tdi. Bizga omad etishmadi. Baribir futzalchilarimdan minnatdorman.

Biz chempionlik uchun kurashamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика