So’nggi yangiliklar

10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  6 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  4 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8

Futzal. 3-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Futzal. 3-tur ramziy terma jamoasi

Futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 3-tur bellashuvlari 16-22 yanvar kunlari bo'lib o'tdi.

Quyida ana shu tur ramziy terma jamoasini etiboringizga havola etamiz.

Oliy liga. 3-tur ramziy terma jamoasi

Darvozabon: Ramil Almamedov ("Nafis")

Samarqandning "Nafis" jamoasi darvozaboni Ramil Almamedov turda o'z darvozasidan jami 9ta to'p olib chiqdi. U o'tgan mavsumda ham yaxshi o'yini bilan etiborni tortgan edi. Bu turda Ramil ayniqsa "Ardus"ga qarshi bahsda o'zini juda yaxshi ko'rsata oldi. U kechadan yig'inni boshlagan O'zbekiston U-20 terma jamoasiga ham chaqirildi.

O'yinchilar:

Farhod Abdumavlonov ("Olmaliq")

Ikkinchi tur ramziysida zaxiradan o'rin olgan Farhod Abdumavlonov bu safar o'z o'yini va gollari bilan asosiy tarkibga kirib oldi. U turda jami sakkizta gol urdi, faqatgina "Do'stlik-AIN"ga qarshi uchrashuvda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ya olmadi xolos.

Bahodir Ahmedov ("Maksam-CHirchiq")

O'zbek futzalining eng yorqin vakili Bahodir Ahmedov klub miqyosida hamon to'p tepmoqdalar. Odatda himoyada o'ynaydigan Ahmedov bu turda ko'pincha hujumda paydo bo'ldilar. "Ardus"ga qarshi murakkab uchrashuvda esa bir soniya ham dam olmasdan to'liq o'ynadi. Bunaqasi futzalda juda va juda kam uchraydi. Bahodir Ahmedov chirchiqliklar o'yinini ancha o'stirishga erishdi.

Feruz Faxriddinov ("Do'stlik-AIN")

Qarshiliklarning 77-raqamli o'yinchisi Feruz Faxriddinov qiyin vaziyatlarda o'zining individual harakatlari bilan jamoasi joniga ko'p bor oro kirgan. Bu turda Feruz oltita gol urdi, shulardan biri "Olmaliq"qa qarshi markaziy o'yinda. Jamoa sardori Oybek Polvonovning o'yinida biroz pasayish bo'lgan paytda aynan Faxriddinov etakchilikni qo'liga oldi.

Sohib Narzullaev ("Kogon")

"Kogon" jamoasi sardori Sohib Narzullaev dastlabki turda yarq etib ko'zga tashlanmadi. Ammo, keyingi ikki turda avvalgi formasini tiklab oldi va jamoasiga katta yordam bermoqda. U uchinchi turda raqib darvozabonlarini jami etti bor ranjitdi.


Oliy liga. 3-tur ramziy terma jamoasi
Darvozabon: Ramil Almamedov ("Nafis")
O'yinchilar: Farhod Abdumavlonov ("Olmaliq"), Bahodir Ahmedov ("Maksam-CHirchiq"), Feruz Faxriddinov ("Do'stlik-AIN"), Sohib Narzullaev ("Kogon").
Zaxira: Ulug'bek Ramazonov ("Kogon"), Baxtiyor Baratov ("Do'stlik-AIN"), Konstantin Sviridov ("Olmaliq"), Eldor Xoshimov ("Ardus").


Tolibjon Qosimov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика