So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Futzal. 1/4 final prevyusi. "Port FK" - AGMK Yangiliklar

Futzal. 1/4 final prevyusi. "Port FK" - AGMK

Bugun futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari bo'lib o'tadi.

Dastlab juftliklarni yodga olsak: 

09:00. "Nagoya Oushens" (Yaponiya) - "Vamos Mataram" (Indoneziya) 3:1

12:00. "Bank Beyrut" (Livan) - "Mes Sungun" (Eron)

15:00. "Tay Son Nam" (Vetnam) - "SHenzen Nanling" (Xitoy)

18:00. "Port FK" (Tailand) - AGMK 

Albatta, bizning etibor soat 18:00da boshlanadigan bellashuvga qaratiladi. CHunki bunda Olmaliq shahrining AGMK futzal klubi Tailandning "Port FK" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 

Musobaqa Tailandda bo'lib o'tayotgani sababli bugun AGMK mezbonlarga qarshi o'ynaydi. Kecha o'tkazilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiyi g'alabadan umid qilayotganini aytib o'tdi. 

Udom Tavesuk ("Paort FK" bosh murabbiyi): - "AGMK kuchli jamoa, ularning aksar futbolchilari terma jamoada o'ynaydi. Bizni qiziq va og'ir bahs kutmoqda. O'ylaymanki, yakunda hammasi biz uchun ijobiy yakun topadi va yarim finalga yo'l olamiz". 

"A" guruhida o'z o'yinlarini o'tkazgan "Port FK" uchala bahsda g'alabaga erishdi. Bu jamoa uchta o'yinda 10ta gol urib, o'z darvozasidan faqat bitta to'p o'tkazib yubordi. Bu ham raqibning kuchli ekanidan darak beryapti. 


1-tur. 7 avgust 

"Port FK" - "FK Seul" 3:0  


2-tur. 9 avgust

"SHenzen Nanling" - "Port FK" 1:4 


3-tur. 11 avgust

"Port FK" - "Osh Erem" 3:0



AGMK ushbu musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi. Jamoa birinchi o'yinda Vetnamning "Tay Son Nam" klubiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Biroq shundan so'ng keyingi ikkita bellashuvda g'alaba qo'lga kiritildi. 


1-tur. 7 avgust

"Tay Son Nam" - AGMK 4:1 


2-tur. 9 avgust

AGMK - "Naft Al Vasat" 5:3 


3-tur. 11 avgust 

AGMK - "Al Rayyan" 7:5



O'yindan oldin bosh murabbiy Aleksandr Petrovning fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

- "CHorak finalga chiqqanimizdan xursandmiz. "Port FK" juda kuchli jamoa. Biz ularning o'yin uslubini o'rganib chiqdik. Jamoa ko'p harakatda bo'ladi. Rejamiz o'z o'yinimizni ko'rsatishda davom etish va maqsad sari intilish". 

Bilasizmi? AGMK o'z tarixida Tailand klubiga qarshi uchinchi marta o'ynaydi. Birinchisi 2016 yilgi musobaqaning chorak finalida "CHonburi Blyuveyv"ga qarshi o'tkazilgan bo'lib, AGMK 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan. Ikkinchisi 2017 yilgi musobaqa guruh bosqichida yana shu jamoaga qarshi bo'lib o'tgan va bunda AGMK yana mag'lubiyatga uchragan - 0:5.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика