So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Futzal: 14 aprel kuni O'zbekiston chempionatining chorak final bosqichi start oladi Yangiliklar

Futzal: 14 aprel kuni O'zbekiston chempionatining chorak final bosqichi start oladi

Futzal bo'yicha XIX O'zbekiston milliy chempionatining chorak final uchrashuvlari 14-16 aprelkunlari poytaxtning “O'zbekiston” sport majmuasida o'tkaziladi.
Xabaringiz bor, o'tgan mavsumdan chempionatning chorak final bosqichidan boshlab uchrashuvlar pley-off tizimida, jamoalar juftliklarga bo'linga holda, 2 g'alabaga qadar o'tkaziladi. Juftliklar, dastlabki boschiqda egallagan o'rinlariga qarab ajratib olinadi. SHu tariqa, 1-bosqichda peshqadamlikni qo'lga kiritgan jamoa, 8-o'rinni egallagan jamoa bilan o'ynaydi, 2-o'rinni egallagan jamoa 7-o'rin bilan, va mos ravishda 3-o'rinda borayotgan jamoa 6-o'rindagi jamoa bilan kurash olib borsa, 4-o'rindagi jamoa, chempionatning 5chi jamoasi bilan bahslashadi.

O'z navbatida, 9 va 10-o'rinlarda qayd etilgan autsayderlar, musobaqadagi ishtirokini yakunlaydi. Ushbu mavsumda chempionatdan Samarqandning “Nafis” va Toshkentning “Paxtakor” jamoalari chiqib ketishdi. O'tkazilgan 18ta uchrashuvda “Nafis” 5 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Paxtakor” 9 ochkoga ega bo'ldi.

Musobaqaning 1-davrasini debyutant klub – “Olmaliq” peshqadam sifatida yakunladi. Endi, pley-offda Aleksandr Petrov shogirdlari o'tgan yilgi chempion, bu yil esa, 18ta o'yindan so'ng 8-o'rinda qayd etilgan “Lokomotiv”ga qarshi to'p surishadi.

“Olmaliq”dan 4 ochko kam jamg'argan va 2-o'rinda borayotgan “Ardus”, chorak finalda 7-o'rindagi “Bunyodkor”ni sinovdan o'tkazadi.

Yana bir debyutant, Qarshining “Nasaf” klubini esa, chorak finalda Qashqadaryo derbisi kutmoqda. Ushbu o'yinda “Nasaf”ga o'tgan yilgi musobaqa finalchisi “Do'stlik-AIN” qarshilik qiladi. Jamoalar bu mavsumda mos ravishda 3 va 6-o'rinlarda joylashgan.

CHorak finalning ohirgi juftligi “Kogon” va “Maksam-CHirchiq” jamoalaridan tashkil topgan. O'tkazilgan uchrashuvlar yakuniga ko'ra, ushbu klublar 4 va 5-o'rinlarda joylashgan.

O'tgan mavumda 1-bosqichni 6-o'rinda yakunlab, chempionat finaliga qadar etib borgan Qashqadaryoning “Do'stlik-AIN” jamoasining natijasini yodga tutib, ushbu mavsumda ham chempionat pley-off bosqichidan boshlab kutilmagan natijalarni tuhfa etishi mumkin deb tahmin qilsa bo'ladi. Demak, bizni yorqin va murosasiz bahslar kutib turibdi deb bemalol aytsa ham bo'ladi.

Takidlash lozim, musobaqaning barcha o'yinlariga kirish bepul.

O'zbekiston chempionati
CHorak final
14.04.2015

11:00 Nasaf – Do'stlik-AIN
13:00 Kogon – Maksam-CHirchiq
15:00 Olmaliq – Lokomotiv
17:00 Ardus – Bunyodkor
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика