So’nggi yangiliklar

16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  0 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  6 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  11 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  13 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  5

Futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha ishlab chiqilayotgan Prezident farmonini takomillashtirish muhokamaga qo'yildi Yangiliklar

Futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha ishlab chiqilayotgan Prezident farmonini takomillashtirish muhokamaga qo'yildi

Teglar :  Prezident farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmon loyihasi elon qilinish arafasida turibdi.

So'nggi yillarda xalqimizining salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, manaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o'yini bo'lgan va mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan futbolga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur farmonda O'zbekistonda futbolni aholi o'rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga etkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o'quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo'yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida jahon va qita birinchiliklarini o'tkazish maqsadida O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari bo'yicha farmon loyihasi tayyorlandi va O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

Farmon loyihasi futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha 18 ta band, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish sxemasi (4 yo'nalishda), 5 bobdan iborat O'zbekistonda futbolni 2030 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish koncepciyasi, 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan “Yo'l xaritasi”, 7 qismni o'zida jamlagan 2030 yilgacha futbolni rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari, 2020–2025 yillarda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablarini tashkil etish, ularda qurilish va rekonstrukciya ishlarini jadvali, Respublika Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladigan professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushlari va xo'jalik jamiyatlarining ulushlari ro'yxati, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar kabi ilovalardan tashkil topgan.

Loyihaning to'liq matni bilan tanishish, taklif va mulohazalar uchun HAVOLA


Siz ham ushbu farmon muhokamasida ishtirok etishingiz va o'z takliflaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика