"Futbolni sevadiganlar kam qoldi"
27 dek 2020 23:04
Yangiliklar
"Futbolni sevadiganlar kam qoldi"
Ayni paytda Italiyaning "Monca" klubi sharafini himoya qilayotgan Kevin-Prins Boateng yangi avlod futbolga biznes kabi munosabatda bo'lishiga ishonadi.
"Hozir futbolni sevadiganlar juda kam qoldi. Sport biznesga aylandi: mavsumni yaxshi o'tkazib, 5 mln evro ishlab olish mumkin. Bu achinarli. Faoliyatimni boshlaganimda pul haqida umuman o'ylamagan edim. Katta pul odamni buzadi deb o'ylayman. Bolaligimda muzlatkich bo'sh bo'lardi, ammo 18 yoshimda 60 ming muxlis qarshisida to'p tepar edim", - Boatengning so'zlarini keltiradi Corriere.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli ganalik futbolchi "Gerta", "Tottenxem", "Borussiya D", "Jenoa", "Milan", "SHalke", "Barselona" va "Fiorentina" singari klublar safida ham o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar