So’nggi yangiliklar

17:25"Манчестер Сити" Уокернинг ўрнига кимни олади?  0 17:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-20 Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:58Алаба эртага "Реал" билан машғулотларга киришади. У бир йилдан ошиқ вақтдан бери футбол ўйнамади  0 16:32"Тотттенхэм" "Барселона" ҳужумчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 16:08"Ливерпуль" ва ПСЖ "Интер" ҳужумчиси учун курашмоқда  2 15:37"Бавария" "Ливерпуль" форвардини харид қиладими?  0 14:58Кьеза "Ливерпуль"дан кетишни хоҳламоқда  3 14:31"Барселона" де Йонг учун қанча пул хоҳламоқда?  6 13:55ҚПЛ. Яхшибоев киритган тўп йилнинг энг чиройли голи деб топилди  7 13:31МЛСнинг икки клуби Де Брюйне учун курашмоқда  0 12:51"Манчестер Юнайтед" Беллингем билан шартнома имзоламоқчи  2 12:20"Ювентус" "Барселона" юлдузига эга бўлмоқчи  0 11:58"Реал" АПЛдан марказий ҳимоячи олмоқчи  4 11:29"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖ "Атлетико" собиқ ҳужумчиси учун 80 млн евро тўлашга тайёр  0 10:47Трент Александр-Арнольднинг келажаги маълум  5

Futbolni rivojlantirmoqchi bo'lgan akalarga gapimiz bor Yangiliklar

Futbolni rivojlantirmoqchi bo'lgan akalarga gapimiz bor

O'zbekiston klublariga yirik kompaniyalar homiylik qilishini to'liq ijobiy hol deb bilamiz.

Mana, yaqinda "Lokomotiv" yirik kompaniyalardan biri BMB Trade Group bilan shartnoma imzoladi. Oradan bir necha kun o'tib Termizning "Surxon" klubi etakchi kompaniya ERIELL bilan homiylik shartnomasi tuzilganini malum qildi. "Paxtakor" ham yangi titul homiyga ega bo'ldi, jamoa liboslari old qismida AKFA yozuvi yarqirab turibdi.

Albatta, bu kabi yangiliklar kishini xursand qiladi. Zero yirik kompaniyalarning futbolga homiylik qilishi avvalo raqobatni oshiradi, klublarning barqaror bo'lishini taminlaydi. Lekin homiylik qilish - faqat murabbiy va futbolchilarning maoshi-yu, mukofot pullarini oshirish bilan bog'lanib qolmasligi kerak.

Kuni kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Surxon" o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes Peres kuyunchaklik bilan ancha gaplarni gapirdi. Bilasiz, "Surxon" Superligada 5ta o'yindan so'ng 2 ochko bilan jadvalning oxirgi o'rnida kelmoqda. Jamoani esa mavsum startiga ikki hafta qolganida ispaniyalik murabbiy qabul qilib oldi. Hozir bu murabbiyga oson tutib bo'lmaydi. 

SHu yilning 5 aprel sanasida 39 yoshni qarshi olgan murabbiy jamoadagi muvaffaqiyatsizlikni avvalo "Surxon" uy uchrashuvlarini Termizda o'tkazmayotgani bilan izohladi. Anxel Lopes "Surxon"ni yaxshigina o'rgangan ekan, shunday dedi: "O'tgan yil bu jamoa 25 ochko to'plagan bo'lsa, shundan 20tasini uyda, qolgan 5 ochkoni safarda olgandi. Bizda tashkiliy ishlar bilan bog'liq muammolar ko'p, eng kattasi esa Termizda o'ynamayotganimiz. Qachon uy uchrashuvlarini uyda o'tkazishimizni bilmayman. Biz ham o'z muxlislarimiz qarshisida to'p tepishni xohlaymiz, lekin hozircha buning iloji bo'lmayapti".

"Surxon" stadionidagi muammo malum: projektor yo'q. Projektor bo'lmaguncha jamoa uyda o'ynamay turadi. CHunki Termiz ancha issiq shahar bo'lgani uchun o'yinlarni 18:30 yoki 19:00da boshlash ham issiqlik qiladi. Yoz kunlarida 20:00dan vaqtli boshlashning imkoni bo'lmaydi. Anxel Lopes to'g'ri aytdi: jamoa faqat safarda o'ynayapti, uy uchrashuvlarini ham safardagi kabi o'tkazyapti, bu esa tabiiyki o'yinga va natijaga tasir qiladi.

Endi maqola sarlavhasiga kelsak, klublarga homiylik qilish - mana, sizlarga bir qop pul, endi yutinglar kabi bo'lmasligi kerak. Bu o'rinda qars ikki qo'ldan chiqishi shart. Homiy nima xohlayapti va klub nima xohlayapti? Agar homiyning maqsadi klubga homiylik qilish orqali jamoa natijalarini ijobiy ko'rinishga keltirishga yordamlashish va shu orqali o'z nomini reklama qilish bo'lsa, ishni avvalo infratuzilmani ko'tarishdan boshlashi lozim. 

CHunki ko'p jamoalarda infratuzilma nochor ahvolda. Biz hamon eski stadionlarda o'ynayapmiz, muxlislar haliyam taxta o'rindiqda o'tirib futbol ko'ryapti, sharoit yo'q hisobi. SHunday stadionlar bor, oddiy muxlis sifatida kirib, hojatxonani topa olmay stadionni gir aylanasiz. Nima uchun 10-15 yil oldin qanday qurilgan bo'lsa, shundayligicha o'zgarmay turgan stadionga borishimiz kerak? Axir tashqarida 21-asr.

Nega siz kafe yo restoranga borsangiz, oficiant atrofingizda girdikapalak bo'ladi? CHunki u sizga xizmat ko'rsatish orqali pul ishlaydi. Restoran foyda ko'radi. Stadion ham foyda keltiradigan manba bo'lishi kerak emasmi? Yoki bo'lmasa kinoteatrga tushing. Ichimlik ham, egulik ham, pop-korn ham bor. Xohlasangiz, 5D ko'rsatadigan ko'zoynak beradi, kinoni ichidan ko'rasiz. Bularning hammasi mijoz maroqli dam olib ketishi uchun. 

Futbolda afsuski, muxlislarga xizmat ko'rsatish, yani servis darajasi nol. (Mana, nima uchun odam kelmaydi). Muhimi, o'yin o'tsa bo'lgani. "Surxon" hozir shunday ahvolga tushib qolgan: Samarqandda o'ynaydimi, Toshkentdami yo Olmaliqdami - hamma er u uchun begona. "Surxon" toki Termizga borib o'ynamaguncha chempionatda o'zini begonadek his qilib yuraveradi. Bu esa Ispaniyadan kelgan murabbiylar ishiga ham salbiy tasir ko'rsatadi.

O'zbek futboli rivojiga hissa qo'shmoqchi bo'lgan yirik kompaniyalar boshqaruvida turgan akalardan xursandmiz. Faqat shu akalarga aytadigan bir gapimiz bor: moliyaviy tomondan to'kis ekansiz, keling, eng avvalo stadionlarni zamonaviy ko'rinishga keltiraylik. Yaxshidan bog' qoladi deganlaridek, Sizdan ham yaxshi bir stadion qolsin. Hamma uy uchrashuvlarini o'zida o'ynasin. Termizga futbol havosi borsin, Navoiyga borsin, Farg'ona bilan Qo'qonga borsin. Bayram hamma joyda bo'lsin. To'g'risi, almisoqdan qolgan eski stadionlarga boraverishdan zerikdik. 

Barsa Bloger.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика