So’nggi yangiliklar

21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  0 20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  6 20:30Максим Шацких: "Захирада деярли ёш болалар ўтиришди"  3 20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  1 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  21 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  7 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  1 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  36 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2

"Futbolni 22 kishi o'ynaydi va Germaniya g'alaba qozonadi. Agar guruhdan chiqsa" Yangiliklar

"Futbolni 22 kishi o'ynaydi va Germaniya g'alaba qozonadi. Agar guruhdan chiqsa"

Lineker o'ziga tegishli iborani yana o'zgartirdi.


Gari Lineker – futboldagi eng zo'r iqtiboslardan biri muallifi: "22 kishi futbol o'ynaydi, nemislar g'alaba qozonadi".

Bu iqtibos tarixga kirgan. Asl nusxasi mana bunday: "Futbol – oddiy o'yin. 90 daqiqa davomida 22 kishi to'p ortidan yuguradi, yakunda Germaniya g'alaba qozonadi".

Lineker – 1986 yilgi Jahon chempionati to'purari, terma jamoada 48 ta gol urgan, hozir esa ekspert. U bu so'zlarni 1990 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya GFRga penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'lganidan keyin aytgan edi.

OAV yulduziga aylangan Lineker Germaniya bilan bog'liq muhim voqea sodir bo'lishi bilan bu mavzu haqida doimo hazil qiladi.

Germaniya terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionatida guruhdan chiqolmaganidan so'ng u Twitter'da shunday deb yozdi: "Futbol – oddiy o'yin. 22 kishi 90 daqiqa davomida to'pni quvib yuradi, yakunda Germaniya g'alaba qozonadi. Agar ular guruhdan chiqishga muvaffaq bo'lishsa".



Bu uning birinchi marta masxara qilishi emas:

Germaniya terma jamoasi JCH-2018da SHveciya ustidan qozongan dramatik g'alabasi (Toni Kroos g'alaba to'pini kiritgan)dan so'ng: "Futbol – oddiy o'yin. 22 nafar futbolchi 82 daqiqa davomida to'pni quvib yuradi, bir nemis maydondan chetlatiladi. Keyin 21 nafar futbolchi 13 daqiqa davomida to'pni taqib qiladi va yakunda nemislar qandaydir tarzda g'alaba qozonishadi".

Nemislarning JCH-2018dagi ishtirokidan keyin: "Futbol – oddiy o'yin. Unda 22 kishi to'p ortidan 90 daqiqa yuguradi va yakunda nemislar endi g'alaba qozonmaydi. Oldingi versiya tarixda qoldi".

Germaniya 2018 yilda Millatlar Ligasining elit divizionidan tushib ketganidan so'ng: "Kimki futbolni 22 kishi 90 daqiqa o'ynaydi, lekin yakunda nemislar g'alaba qozonadi, desa, hech narsani tushunmaydi va uni ishdan bo'shatish kerak".

Evro-2020da Angliya Germaniya ustidan g'alabaga erishganidan keyin: "Menimcha, "nemislar har doim g'alaba qozonadi" iborasini yuborish vaqti keldi. Joyi jannatda bo'lsin".

Ibora yana qaytdi, faqat boshqacha ko'rinishda! 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика