So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Futbolimizning shifokorlarsiz olami Yangiliklar

Futbolimizning shifokorlarsiz olami

Teglar :  Abror Pirriev
Milliy terma jamoa va “Lokomotiv” klubidagi faoliyati orqali tanilgan shifokor Abror Pirriev futbol olamida hamkasblariga nisbatan etiborning pastligini takidladi.

"Futbol oilasida "Yilning eng yaxshilarini taqdirlash" marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir haqida aytishganida "Bunday marosimlarda uzoq yillardan buyon etibordan chetda qolib kelayotgan futbol shifokorlari "koronavirus sharofati" bilan, pandemiya davridagi kamtarona xizmatlari uchun, hech bo'lmasa bu yil etirof etilar ekan-da”, degan o'y o'tgandi xayolimdan. CHuchvarani xom sanagan ekanmiz. Tadbirda, turli nominaciyalarda taqdirlashdi. Ular úz yúliga.., ammo zamon zayli bilan shifokorlar millat qahramoni sifatida ardoqlanayotgan bugungi davrda, kasallik o'chog'ida ishlayotgan shifokorlardan qolishmay, uyi – oilasi oldiga bormay, murabbiyu futbolchilar yashayotgan "baza"da istiqomat qilib, kecha-kunduz ularning issiq-sovug'idan xabardor bo'lgan jamoa shifokorlaridan birortasi ushbu tadbirga taklif qilinmadi. Nominaciya haqida-ku gapirmasa ham bo'ladi. ("Rubin" shifokori o'yin mahali tez tibbiy yordam ko'rsatgani uchun olgan sovrinning bu mavzuga umuman aloqasi yo'q)

Pandemiya davrida chempionatni davom ettirish yo'lida, kasallik avj olgan jamoani "oyoqqa turg'azish" uchun fidokorona mehnat qilgan (hech qanday qo'shimcha mablag' yoki rag'batlantirishlarsiz) "Bunyodkor" shifokori Qahramon Nurmuhammedov, AGMK shifokori Islom Abaev, "Paxtakor" vrachi Umid Bahromov , "Metallurg" shifokori Dilshod Ashirovlar hech bo'lmaganda umumiy etirofga loyiq edilar. 

SHifokorlarimiz marosimlarga chaqirilishlari uchun yoki mutasaddilar ularning qo'lini siqib qo'yishi uchun ishlashmaydi, ularga sovrinning ham keragi yo'q aslida. Mehnatlarining unumi ular uchun sovg'a. Ammo bir og'iz tashakkur va beminnat mehnatlarining etirofi ularga yanada g'ayrat va kuch bag'ishlashi aniq edi.

Barcha jamoa shifokorlari va ularning xizmatlarini bilguvchi kaminaning mutasaddilardan bir iltimosim bor. Biz futbol shifokorlari ichida, pandemiya davrida  eng ko'p ter to'kishgan va munosiblarimiz – yuqorida nomlari keltirilgan shifokorlarimizning klublariga aqalli "tashakkurnoma" yo'llab qo'ysalar insofdan bo'lur edi", deydi Abror Pirriev.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика