So’nggi yangiliklar

16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  2 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5

Futbolimizning rasmiy sayti yo'q "professional"lari Yangiliklar

Futbolimizning rasmiy sayti yo'q "professional"lari

O'zbekiston chempionatining yangi mavsumi start olishga ulgurdi.

Superliganing 2021 yilgi mavsumida 14 ta klub ishtirok etmoqda. Jamoalarning har biri o'z matbuot xizmatiga ega. Hozir ularning (bazilari) faoliyatida yo'l qo'yilayotgan katta kamchilik haqida qisqacha malumot beramiz.

Tashkilotning Musobaqalarni o'tkazish bo'yicha reglamenti bor. Mazkur hujjatning 20-bob 2-bandida shunday yozilgan:
"20.2.Futbol klubi o'z rasmiy saytiga ega bo'lishi shart".
Ayni paytda ushbu qoidani milliy birinchiligimizning yuqori divizionida ishtirok etayotgan 5 ta klub buzmoqda. Aniqrog'i, doimiy ravishda buzib kelgan. Bular: "Andijon", AGMK, "Mashal", "Surxon", "So'g'diyona".

Bundan tashqari, Akkreditaciya nizomi va OAV uchun yo'riqnomada shunday band bor:
"2.7.Har bir klub o'z rasmiy veb-saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda o'z sahifasiga ega bo'lishi tavsiya etiladi. Klub matbuot kotibi veb-saytning barqaror faoliyat olib borishiuchun javobgar hisoblanadi".
Agar bu bandni ham inobatga olsak, yuqoridagi ro'yxatga Navoiyning "Qizilqum" klubi ham kiritiladi.

Bu juda kichkina mavzu bo'lishi mumkin, lekin qoidalar buzilayotgani fakt. Eng qizig'i, o'tgan yilning 17 iyul kuni ham shu mavzuga to'xtalib, yoki klublar qoidani bajarishi yo O'zPFL reglamentidan bunday band chiqarib yuborilishi kerakligini aytgandik. Hech qanday natija kuzatilmaganch, O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev bilan bog'lanib fikrlari bilan qiziqdik va shunday javob oldik:

"Eski hujjatlar bo'yicha har bir klub o'zining rasmiy saytiga ega bo'lishi shart edi. Joriy mavsum oldidan chiqarilgan Akkreditaciya nizomi va OAV uchun yo'riqnomada majburiylikni olib tashlab, klublarga bu haqda tushuntirish berdik. Reglanmentda qolib ketgan bo'lsa, tuzatiladi. Lekin, biz klublarni rasmiy sayti yo'qligi uchun ham jazolaydigan tashkilot emasmiz. Ularning o'zi masuliyatni his qilishi kerak. Imijni ko'tarishda rasmiy saytlarning o'rni bo'lakcha. Matbuot xizmati faollashsa, jamoatchilik bilan mustaqil tarzda ishlasa, bundan faqat klub foyda qiladi".

Demak, O'zPFL o'tgan yillar davomida reglamentning mazkur bandi muntazam ravishda buzib kelingani tushungan va majburiylikni ixtiyoriylik bilan almashtirgan. Haqiqatan ham klublarning saytini kattakon tashkilotlar nazorat qilishi kulgili ko'rinadi. Lekin, yillar davomida rasmiy saytini shakllantirishga qunt qilmagan "professional"larning holati ancha achinarli. XXI asrning 21-yilida ham rasmiy sayti yo'q klublarimizning professionallikni talab qilishini qog'oz qanotlar bilan osmonda uchishni orzu qilgan multiserial qahramoniga o'xshatib qo'ya qoldik...

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика