So’nggi yangiliklar

15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  5 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  6 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  11 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  8 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  42 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  23 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28

Futbolimizga Davlatovdek menejerlar kerak, “Rubin”dan ketish sabablari haqida Jahongir Jiyamurodov bilan suhbat Yangiliklar

Futbolimizga Davlatovdek menejerlar kerak, “Rubin”dan ketish sabablari haqida Jahongir Jiyamurodov bilan suhbat

O'zbekiston birinchi ligasida ishtirok etuvchi Toshkent viloyatining “Rubin” jamoasida yana etiborga molik o'zgarishlar yuz berdi.

Joriy mavsumga Yavar Najafaliev boshchiligida tayyorgarlik ko'rgan “Rubin” jamoasida chempionatdagi dastlabki o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan keyin rahbariyat va bosh murabbiy istefoga chiqqandi. Klub xususiy bo'lgani sababli, uning tasischilari ham o'zgarib, moliyalashtirish boshqa tadbirkorga o'tgandi. Olgan malumotlarimizga ko'ra, o'z vaqtida “Paxtakor” yoshlar jamoasida o'ynagan, bugungi kunda biznes sohasida faoliyat yuritib kelayotgan sobiq futbolchi Anvar Berdiev “Rubin” jamoasini tasischisiga aylangandi. SHundan so'ng bosh murabbiylikka o'z vaqtida “Mashal” va “Nasaf” jamoalarida yorqin o'yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Jahongir Jiyamurodov taklif etildi. Garchi klub tepasiga futbol sohasini yaxshi tushunadigan shaxslar kelgan bo'lsada, natijalar bir zumda ijobiy tomonga o'zgarib qolmadi. Aksiga olib yaqinda Jahongir Jiyamurodovni istefoga chiqqanidan xabar topdik. Klubning yangi xo'jayinlari ham bir oy vaqt o'tib jamoani avvalgi rahbarlariga topshirib, juftakni rostlaganini eshitdik. SHundan so'ng vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, “Rubin”ning sobiq murabbiyiga aylangan Jiyamurodov bilan bog'landik.



- Jahongir aka, Sizni yaqinda “Rubin” jamoasidan rasman ketganingizni eshitdik. SHu bois bu xabarga o'zingizdan aniqlik kiritib o'tsak?
- Ha, bu to'g'ri malumot. Afsuski “Rubin”dagi faoliyatim uzoq vaqt davom etmadi. Jamoaga yaxshi niyatlar bilan borgandim. Lekin xayotda bazida shunaqasi ham bo'lib turar ekan.

- Boshqaruvni qo'lga olganingizdan keyin ham jamoa ketma-ket qimmatli ochkolarni boy berdi. Istefoning sababi ko'proq natijaning salbiy ko'rinish olgani bilan bog'liq bo'lsa kerak?
- Yo'q, boshqa sabablarga ko'ra o'z istagim bilan jamoadan ketishga qaror qildim. Menga umuman boshqa vadalar berilgandi.Ishga kirishganimdan keyin rahbariyat tomonidan ham tashkiliy ishlar bo'yicha oldinga intilish bo'lmadi. Qisqacha aytganda, klub xo'jayinlarining quruq vadalari tufayli “Rubin”ga o'tib xato qilganimni xis qildim. SHuning uchun 5-turdan keyin, aniqrog'i “Lochin” qarshi kechgan (1:1) bahsdan so'ng rahbariyat bilan uchrashib, jamoada ortiqcha ishlay olmasligimni bildirdim va ariza yozib ishdan ketdim.

- Aytishlaricha klub xo'jayinlarining o'zlari ham yaqinda jamoadan butunlay ketibdi. SHu rostmi?
- Bilmasam, balki bo'lishi mumkin. CHunki ular bilan oxirgi marta uchrashib, ketish haqida suhbatlashganimda buni gap-so'zlaridan payqagandim. Menimcha ular ham jamoadagi kelajagini ko'rishmagan. Aks xolda men bilan ishlagan kunlarim uchun oylik maoshlarim bo'yicha to'liq xisob-kitob ishlarini qilardi. Ketishini oldindan bilib, bu borada gap ochishmadi.

- Qiziq, bir oy vaqt ishlagan bo'lsangizda oylik maoshlaringizni berib xayrlashishmadimi?
- Yo'q. O'zlari bu borada tashabbus ko'rsatishmaganidan keyin, men ham g'ururimni ustun qo'yib, qatiylik qilib turib olmadim. Bilasizmi aslida “Rubin”ga juda katta oylik maoshlarni ko'zlab bormagandim. Oldin ishimni ko'rsatay keyin mexnatimga yarasha xaq berasizlar qabilida takliflariga rozi bo'lganman. SHunga qaramay meni jamoaga taklif etgan insonlar bu borada sukut saqlashdan nariga o'tmadi. Tajribali murabbiylar o'zi birorta jamoaga o'tishdan avval katta summalarni talab qilib, to'g'ri yo'l tutarkan. CHunki shartnomada katta summalar yozilsa, klub rahbariyati ham keyin murabbiyni istefoga chiqarishdan avval kompensaciya to'lashni obdon o'ylab chiqarkan. SHuning uchun ham O'zPFL bu borada qattiq turganini endi tushunib ettim. SHartnoma bandlariga kompensaciya yozilishi qaysidir manoda Superligada istefolar soni nisbatan qisqarishiga sabab bo'lmoqda.

- Bu jamoaga o'tishingiz katta xato bo'ldimi?
- Albatta. Yuqorida aytib o'tganimdek, klub xo'jayinlarining katta vadalari bilan, ularga to'liq ishonib astoydil ishga kirishgandim. Maqsadim jamoani PRO-Ligaga olib chiqish edi. Ammo shunga yarasha qo'llab-quvvatlash bo'lmadi. Klubga kelishdan oldin gaplashganimizda, menga Toshkent shahridagi “Geofizika” qarorgohiga to'liq ko'chib o'tishimizni, uy o'yinlarimizni esa “NBU-Osiyo” stadionida o'tkazishimizni aytishgandi. Yaqin o'n kun ichida bu ishlar to'liq amalga oshishini, bu borada hammasi xal bo'lganini takidlashgandi. Ungacha menga kvartirada istiqomat qilib turishimni aytib, rahbariyat bir o'zimga alohida kvartira olib bergandi. Boshqa viloyatdan kelgan futbolchilarga esa adashmasam shahardan ikkita kvartira olib berib, 4 kishidan ajratib qo'yishgan. Mashg'ulotlarni ikkita stadionda olib bordik. To'g'risi futbolchilar har xil joydan qatnadi. Ularni sarson qilib yubordik. “Oq-Tepa” stadionini iltimos qilib gaplashgan paytlarimiz bo'ldi. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoaga sira o'xshamadi. Vadalar quruq gap-so'zligicha qolib ketdi. Klub rahbarini oldindan yaxshi tanirdim. Lekin endi insonlarga ko'p ham ishonib yubormaslikni o'rgandim.

- “Rubin” sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Kubok bahslarida guruhimizdagi raqiblar Superliganing grand klublari edi. SHu bois bu musobaqada futbolchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirib olish asosiy vazifa ekanligini yaxshi tushunib turgandim. CHempionat o'yinlarida jamoa yomon o'yin ko'rsatmadi. Bir oy vaqt ishlagan bo'lsam, sekin-sekin o'zgarish bo'layotgandi. Asosiysi vaziyatlarni yarata olayotgandik. Faqat oldingi chiziqda ishlarimiz yurishmadi. Ayrim uchrashuvlarda to'pni darvozaga o'ziz xohlamasdan tepsangiz ham gol bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni yaratdik. Lekin yoshlarga biroz tajriba etishmadi. Tarkibni ham asta-sekin shakllantirib borayotgandik. Men borgunga qadar jamoada Akrom Bahritdinov va Alisher Azizov singari tajribali o'yinchilar to'p surayotgandi. Keyin “Istiqlol” jamoasi tarqatib yuborilgach, ulardan Ahror O'ktamov, Eldor Ergashev, Abbos Maxstaliev va SHoxruh Boyqo'zievni o'z safimizga qo'shib olgandik. Ularni yonida boshqa yoshlarni ham o'ynatib, kurashchan jamoa tuzib borishga intilayotgandik.



- Birinchi liganing saviyasi qay darajada deb hisoblaysiz?
- Juda zo'r emas. Jamoalar asosan ligada o'z o'rnini saqlab qolish uchun ishtirok etmoqda. Tan olish kerak, oldinga intilayotgan jamoani ko'rmadim hisob. SHaroitlar ham shunga yarasha past darajada ekanligiga guvohi bo'ldim. O'z oldimga endi kamida PRO-Ligada ishlashni maqsad qilib qo'ydim. Birinchi ligada o'sishga erishish qiyin. 

- Har bir bosh murabbiyning eng kamida bitta ishongan yordamchisi bo'ladi...
- To'g'ri aytib o'tdingiz. Bu ham mening yosh murabbiy sifatida bir kamchiligim bo'ldi. “Rubin”ga bir o'zim kelib ishladim. Endi kelajakda bu borada ham o'ylab ish tutaman.

- Bu borada yordamchilikka qaysi murabbiy bilan qarashlaringiz mos tushadi deb o'ylaysiz?
- Buni hozir oldindan aytishim qiyin. Kelajakda vaziyatdan kelib chiqib, yordamchi murabbiyimni ham topaman. Baribir bir-birimizni ish uslubimiz va xarakterimizni to'liq tushunib ketishimiz uchun vaqt kerak bo'ladi. SHuning uchun bu jarayon bir zumda amalga oshib qolmaydi.

- Sizda hozir “A” murabbiylik licenziyasi bor. Xademay mamlakatimizda PROga o'qish boshlanadi. Ushbu kurslarda o'qish rejangizdan o'rin olganmi?
- SHunaqa niyatim bor edi. Ammo hozircha yuz foizga aniqmas. CHunki bu ko'proq mablag'ga borib taqalmoqda. Hozir jamoasiz ekanligim uchun O'FAga bu borada murojaat qildimki, kurslarda o'qishim uchun to'lovni qismlarga bo'lib o'z hisobimdan to'lab yuborishimni aytib. Agar futbolimiz mutasaddilari ruxsat bersa, PRO licenziyasi uchun ham albatta o'qib olaman. 



- Superligada ko'proq qaysi murabbiylarning ishini kuzatib borasiz?
- Sobiq jamoam “Nasaf”dagi siyosat menga juda yoqadi. Jamoada moliyaviy muammolar yuzaga kelgan paytlarda ham bu narsa natijaga salbiy tasirini o'tkazmayapti. Ro'ziqul aka Berdiev qanday mutaxassis ekanligi barchaga yaxshi malum. U kishiga ortiqcha izoh berishim shart emas. Faqat havas qilaman. Undan tashqari Mirjalol aka Qosimov boshchiligida AGMK jamoasi grandlar safiga qo'shildi. Har yili Sueprligada o'z o'rnini saqlab qolish bilan ovora bo'ladigan “Qo'qon-1912”ga Baxtiyor aka Ashurmatov kelgach jamoa o'yinini ancha shakllantirib qo'ydi. SHuningdek Ulug'bek aka Baqoevning murabbiylik faoliyati ham tahsinga loyiq. “So'g'diyona”ni yildan-yilga kuchaytirib, mana bu yil sovrinli o'rinlarga davogarlik qiladigan darajaga ko'tardi. Bilasizmi aslida Superligada o'z davrining mohir futbolchilari bo'lgan insonlar murabbiylik qilmoqda. Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan murabbiylar qatoriga No'mon aka Hasanov bilan Davron aka Fayzievlarni ham qo'shish mumkin. Meni faqat bir narsa ranjitib kelmoqda. SHunday murabbiylar oldiga munosib menejerlar etishmayapti. Bahrom Davlatov, Samvel Babayan singari ishni ko'zini biladigan, murabbiyni qay tarzda ishlatib, infrastrukturani kuchaytirish payida yuradigan menejerlarni ko'rmayapman. Futbol klublarimiz hozir shunday menejerlarga muhtoj. Klub xomiylaridan tushadigan mablag'larni to'g'ri yo'lda, maqsadli sarflaydigan jonkuyar menejerlar zarur.

- Keyingi rejalaringiz nimalardan iborat?
- Uyda bekor o'tirgandan ko'ra, bolalar futbolida ishlab turishni o'ylayapman. Murabbiylik sohasida to'xtab qolishni istamayman. Buning uchun izlanishda davom etaman. Umid qilamanki kelajakda o'z oldiga aniq maqsadlarni qo'ygan jamoalardan taklif bo'ladi va o'zimni ko'rsataman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика