So’nggi yangiliklar

18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  0 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  3

"Futbolga yordam bering!" (O. Samisov blogi) Yangiliklar

"Futbolga yordam bering!" (O. Samisov blogi)

“So'g'diyona” – “Turon” uchrashuvidagi penalti belgilangan vaziyat, o'yindan keyingi matbuot anjumani mana 2 kundan buyon O'zNetda mavzuni burib yubordi. Bir tomonda karantin qaytishi haqidagi qo'rquv va mish-mishlar, bir tomonda esa futbol.

Maqola avvalida bir narsani aytib qo'ymoqchiman: futbolda korrupciya bo'lgan va hozir ham bo'lsa kerak. Qo'limiz bilan ushlab, ko'zimiz bilan ko'rmagan bo'lsak ham, ishoning, korrupciya nafaqat futbol, balki har sohada bor. Prezident SHavkat Mirziyoev o'tgan yili butun boshli korrupciyaga qarshi agentlik tuzishni taklif qildilar. Korrupciyaga qarshi kurashish agentligi ishlashda davom etmoqda.

Futbolimiz tepasiga yangi rahbarlar kelgach ham bu narsani tozalash boshlandi. 2020 yilning 28 noyabr kuni bir necha hakam futboldan chetlatildi, jarima to'latildi. Keyinchalik ham bu jarayon davom etdi va hozircha oxirgisi bo'lib turgan Viktor Serazitdinovning ishi bilan bog'liq. Bu holatni eshitgan kishilar avvaldan korrupciyaga qarshi kurashilayotganini bilishadimi-yo'qmi, bilmadim-u, lekin ular eng oxirgisini eslab qolishdi. Eslab qolishganda ham, murabbiyning gaplaridan so'ng eslab qolishdi. Vaholanki, chetlatilgan Serazitdinovning o'sha uchrashuvdagi faoliyati O'FA Hakamlar qo'mitasining yakuniy qaroriga muvofiq, qo'pol xatolarga yo'l qo'yganligi hamda ushbu xatolar o'yin natijasiga tasir oʼtkazganligi sababli, uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz, deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi.

Demoqchi bo'lganim, hali bu erda korrupciya bilan bog'liq holat aniqlanmadi. Ammo bu fikr ham umuman korrupciya bo'lmagan, deyishdan yiroq. Hamkasbimiz Fahriddin Ro'ziev shu vaqtgacha o'tgan yili futboldan chetlatilgan hakamlar ishlagan o'yinlar, klublar nomini oshkor qilinishini ko'taraverib charchamadi. Muxlislarga vada qilgan, lekin ko'p narsa unga bog'liq bo'lmagan holatda chiqmagan maqolasi bo'yicha tushuntirish ham berdi.

Yuqorida aytganimizdek, korrupciya har sohada oz bo'lsa-da, bor bo'lsa kerak. Ularni hal etmay turib, futboldan halollik, futbolni hal etib turib esa boshqa sohalarning sofligini izlash qanchalik to'g'ri yoki yo'q, bu hammaning o'ziga havola. Barcha soha birdek rivojlansa, futbol ham qolib ketmaydi. Talimga, tibbiyotga pul ajratish to'g'ri. Farzandlarimiz sifatli talim va tibbiyot olishini hammamiz xohlaymiz. Tushunishimiz kerak bo'lgan yana bir jihat bor, sog'lom farzand hammaga kerak. Sport – sog'lik garovi. O'zbekistondagi birinchi raqamli sport turi – futbol bilan qanchadan qancha bolalar, o'smirlar shug'ullanishadi. Ularga bu borada ham yaxshi sharoit yaratib berishga intilaylik. Mablag' boshqa sohani rivojiga ham yo'naltirilyapti, futbol ham shularning bir chekkasida bo'lsin.

Mirabror Zufarovich ilk bor futbol boshiga kelganida nega futbolchilarga ko'p pul berilishini savol berib, o'zi javob berganida, biror futbolchi eng so'nggi rusumdagi mashinani minsa, uni ko'rgan yosh futbolchi men ham shunday bo'laman, deb intilishini aytgan edi. Yana bir jihatni keltirib o'tgan edi. Unga ko'ra, hayotda har xil muammolar bo'ladi. Maishiy muammolardan charchagan inson stadionga kelib, bor ovozi bilan muxlislik qilib ketsa, charchog'i chiqadi, muammolardan uzoqlashgandek bo'ladi. Bu ertasi kuni ishda ham unum berishini takidlab o'tgan edi.

Futbol o'z yo'lida yomon ketmayapti. Balki, kimlar uchundir yaxshi ham ketmayotgan bo'lishi mumkindir, lekin ishoning, biror kun bu narsalar tugaydi. Qolgan sohalar o'z yo'lida rivojlansa, futbol ham bu yo'ldan to'xtab qolmaydi. Hozir esa unga yordam beraylik. Jilla qursa, so'kmasdan, “shumtakalik” qilib qo'yganida urmasdan, boshini silab tushuntiraylik. Zero, umid oxirgi bo'lib o'ladi. Salomat bo'ling!

Og'abek Samisov

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика