So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

"Futbolchilarda lafz degan narsa ham bo'lishi kerak" - Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Futbolchilarda lafz degan narsa ham bo'lishi kerak" - Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 12-turi doirasidagi "Andijon" - AGMK uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- Qiziqarli va qiyin o'yin bo'ldi. Andijonda hech qachon oson bo'lmaydi. Bu jamoa doim oxirigacha kurashadi. Birinchi bo'limning dastlabki qismini yaxshi boshladik, lekin oxirgi qismida bo'shashdik. Yana standart vaziyatidan gol o'tkazdik. SHunga qaramasdan yana gol urib, haqli ravishda g'alaba qozondik. O'ylashimcha, futbol stadionga kelgan muxlislarga yoqdi. Bu bizning safardagi ilk g'alabamizga aylandi. 

SHu boisdan ham bugun g'alaba bizga suv va havodek zarur edi. Lekin hali qiladigan ishlar ko'p. 

O'yinni yaxshi boshladik, lekin keyinchalik tanaffusga qadar o'yin bo'shashdi. Masalan Polvonov goldan tashqari yana ikkita qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Futbol shunisi bilan qiziq. Mazkur vaziyatlar golga aylanmagach futbolchilarda gol o'tkazib yubormaslik masalasi birinchi planga chiqdi va ehtiyotkor bo'lib o'ynashga o'tishdi. SHu narsa tasir qildi. Goldan keyin tezroq ikkinchi golni urganimizda, keyinchalik xotirjamroq o'ynashimiz mumkin edi. Baribir kerakli natijani qayd etganimizdan xursandman. Bizda ortga yo'l yo'q edi. 

Andijonda doim muvaffaqiyat qozonaman? Buni hech qanday siri yo'q. SHunchaki omad bizga kulib boqdi. Agarda teng bo'lib turganida "Andijon" gol urganida, hammasi boshqacha ruy olishi mumkin edi. SHu uchun ham futbolni millionlar o'yini deyishsa kerak. Kutilmagan voqealar ko'p ruy beradi.

Istefo haqidagi gaplarim? Ketishim qiziqmi? Bu futbol, bunda hamma narsa bo'lishi mumkin. Futbolda jamoa yutaversa, hammasi zo'r bo'ladi. Agarda jamoa sal oqsalanib qolib, yutqazaversa, unda murabbiy aybdor. Uchinchi yo'l yo'q. Men xo'jako'rsin uchun ishlaydigan murabbiy emasman. YO unaqa, yoki bunaqa. Agarda eplolmasam, mard bo'lib ketaman. Bundan uyalmayman. Qaergadir borishdan oldin, eski joyga qaytishni ham o'ylayman. Buni Xudo biladi. 

Istalgan ishda barchada shunday. SHunchaki futbol ommabop o'yin va bizning ish ommada muhokama qilinadi. Hayotimizda barcha ishlar aslida shunday. Muxlislar doim yutuqni istashadi, buni tushunaman. Keyinchalik nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Ertaga nima bo'lishini Xudo biladi. Biz ishlashda davom etamiz. Muxlislarni xursand qilish, rahbarlarni ko'nglini ko'tarish uchun harakat qilamiz. CHunki ular bizga kerakli sharoitlarni yaratib berishmoqda. 

Legioner tanlash? Qo'shilaman. Men doim ularni tanlashda ehtiyotkor bo'lib, chertib olardim. Qovun olganda bemalol chertib, tekshirib olasizku, to'g'rimi? SHoshayotganda esa chertmasdan tez olib ketiladi. O'shanda biz shoshayotgandik va tekshirib olish uchun fursat juda kam edi.  Vaqt juda tig'iz edi. Kimgadir ishondim, videolarga aldandim. Bu mening 200% aybim. Buni tan olaman. Lekin buyog'iga legionerlarni ko'rmasdan, chertmasdan turib olmayman. O'sha principimga bu gal o'zim amal qilmadim.

AGMKning vazifa har bir o'yinda g'alaba uchun kurashish. Selekciya ishlari? SHu narsa bizni boshni qotirmoqda. Birinchi va ikkinchi davra oralig'ida qandaydir vaqt bo'lardi. Hozir esa 2 hafta muddat bor. Futbolchilarga hordiq chiqarish uchun fursat beriladi. Yangi futbolchilarni tekshirib olish uchun imkoniyat kam. Boshqa jamoalarda o'ynayotgan futbolchilarni taklif etish niyati bor. Ko'ramiz. CHunki ularni ham o'z jamoalarida shartnomalari mavjud. Qaysi jamoa qo'yvoradi yoki yo'q, bu ham masala.

Hozirgi kunda futbolchilar birinchi shartnoma, keyin o'ynayman deyishga o'rganib olishgan. Bir yoqlama. To'g'risida. Futbolchilar esa hozir shartnoma imzolab oladi, keyin esa o'ynaydi yoki yo'q. Nimadir bo'lsa esa federaciyaga yozishni o'rganib olishgan. Bizlarni vaqtimizda bunday narsalar yo'q bo'lgan. Faqat imzo qo'yishni bilardik. Yozish nimaligini bilmasdik. Hozirgi kunda esa futbolchilarning federaciyaga yozishi "moda" bo'pketgan. Futbolchi ham imzolangan shartnomani oqlashi kerak. Lafz bo'lishi kerak erkak kishida. Odamlarda bet degan narsa ham bo'lishi kerakda.


Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика