Futbolchilar og'iz ochishi uchun darvozabon simulyaciya ishlatdi (VIDEO)
05 iyu 2018 13:43
Yangiliklar


Futbolchilar og'iz ochishi uchun darvozabon simulyaciya ishlatdi (VIDEO)
Tunis terma jamoasi darvozaboni Muez Assen ketma-ket ikki uchrashuvda simulyaciya ishlatib, jamoadoshlari suv ichib olishiga imkon berdi.
SHunchaki ular ro'za tutishgan. Ramazon oyida musulmonlar quyosh chiqishidan botguniga qadar tanovul qilish va suv ichishdan cheklanishadi.
Portugaliya bilan o'yinda tunisliklar og'iz ochishganidan so'ng hisobni tenglashtirishdi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Turkiya bilan uchrashuvda ham shu hisob qayd etildi.
Ramazon oyi 15 iyun kuni yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar