Futbolchilar muhtoj bo'lgan uyushma
28 jan 2014 10:51
Yangiliklar

Futbolchilar muhtoj bo'lgan uyushma
Yaqindagina hamkasbim Nodirxo'ja Yuldashev Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifida “Nasaf”ning sobiq futbolchisi Kamoliddin Kenjaev xonadoniga borib, uning bugungi kundagi holati bilan tanishdi.
Ko'p yillar futbol o'ynagan Kenjaevning ayni paytda og'ir ahvolda ekanligini takidladi. SHundan so'ng bir narsa to'g'risida o'ylab qoldim. Nima uchun bizda futbolchi va murabbiylarning kasaba uyushmasi tuzilmagan? Anchadan buyon shu savol meni o'ylantirib kelardi. Uning foydali tomonlari va xorijda kasaba uyushmalari futbolchilarga qanday yordam berishi haqida malumotlarni izlab topdim.
Professional futbolchilar uyushmasi “FIFPro” deb nomlanishini ashaddiy ishqibozlar yaxshi bilishadi. Bu uyushma jahon bo'ylab faoliyat ko'rsatadi va 60ga yaqin mamlakatda vakillariga ega. Istaganlar unga azo bo'lishlari yoki ishni alohida tashkil etishlari mumkin. Eng uzoq vaqt mobaynida ishlab kelayotgan uyushma Buyuk Britaniyada joylashgan. Bunday tashkilotlar futbolchilar huquqlarini himoya qilish va boshqa yordam ko'rsatish ishlari bilan shug'ullanib keladi. Jahon bo'ylab “FIFPro”ning 85 mingdan ortiq azolari mavjud. Malum bir haq to'lash evaziga doimiy azo bo'linadi va turli yordamlar olish imkoniyati yuzaga keladi. Futbolchilarning maoshlari to'lanmagan taqdirda yoki boshqa kelishmoqchiliklar chiqqan taqdirda kasaba uyushmalari jamoalar yoki federaciyaga bosim o'tkazadi. Kuchli beshlik davlatlarida bazida tur uchrashuvlari bo'lib o'tmagan yoki kechiktirilgan holatlarga guvoh bo'lganmiz. Demak, kasaba uyushmasi shunchaki faoliyat ko'rsatmaydi. Uning aniq maqsad va vazifalari bor.
Futbolchilar kasaba uyushmasi o'yinchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning faoliyatlarini yakunlagandan keyin futbolda ishlab qolishlarini taminlash, jamoasiz qolgan paytda klub topishga yordam berish, o'qishlarida imkoniyat yaratish kabi ishlarni amalga oshiradi. Bunda umumiy azolik uchun qanchadir mablag' to'lanadi. O'sha mablag' evaziga kasaba uyushmasi futbolchilarning shartnomalaridagi bandlar va boshqa holatlar bo'yicha ham yordamini ayamaydi. Masalan, shartnoma tuzishda klublar kasaba uyushmalari belgilab bergan bandlar asosida barcha malumotlarni aniq yozib qo'yishlari darkor. Futbolchiga shartnoma imzolashda maslahatlar beriladi, shartnomaning o'yinchi uchun ko'ngilsizlik keltirishi mumkin bo'lgan jihatlari to'g'risida aytib o'tiladi. Agar futbolchi maoshini ololmagan taqdirda klubga qarshi jazo choralari qo'llash masalasini ko'tarib chiqadi. Bizda futbolchilarga hech bo'lmaganda shu taraflama kasaba uyushmasi zarur. Ko'pchilik o'yinchilar shartnoma imzolashda faqat ko'tarma puli, maosh va mukofot puli ko'rsatilgan qatorlarga, shuningdek, shartnomaning muddatiga etibor qaratishadi xolos. Kartochkalar olgan yoki tartib-intizomni buzganda maoshidan qancha miqdorda pul ushlab qolinishi, barcha uchrashuvlarning 70 foizidan kam vaqt davomida harakat qilganda mukofot puli 50 foizga qisqartirilishi haqidagi qatorlarni o'qib ham o'tirmaydi. Natijada mavsum yarmiga yoki oxiriga borganda bazi jamoalar futbolchilari pullarini kelishilgan miqdordan kam olganlari haqida PFLga murojaat qilib kelishadi.
Angliyada shunday holat mavjud: APLda to'p tepayotgan futbolchilar kasaba uyushmasiga maoshlarining malum bir foizini to'lab borishadi. Bunga javoban uyushma o'sha o'yinchiga faoliyatini tugatgandan so'ng har oyda tegishli summada nafaqa puli to'lab boradi. Aytaylik, bir necha mavsum APLda o'ynagan futbolchi o'rtacha maosh olgan taqdirda keyinchalik oyiga 1000 funt atrofida olib boradi. Ko'proq foiz o'tkazib borilgan holatda nafaqa puli miqdori ham oshadi. Bazida futbolchilar biror biznesga qo'l urishga harakat qilib, pullaridan ayrilgani haqida o'qib qolamiz. SHunday paytda o'sha o'yinchilarga nafaqa pullari asqotadi. Sir emas, bazi sobiq futbolchilarning ancha nochor ahvolda yurganini ko'rib turamiz. SHunday hodisalar yuz bermasligi uchun kasaba uyushmasi tuzilishi va uning xuddi Angliyadagi tartibda ishlashi o'yinchilarga yordam bergan bo'lardi. Yani, futbolchi maoshidan malum bir foizni uyushmaga o'tkazib turadi. Faoliyatini tugatgandan so'ng har oyda nafaqa puli oladi. Yoki Kenjaev singari jarohat olgan o'yinchilarga jarohatni davolash, operaciya qilish singari holatlarda moddiy yordam ko'rsatishni yo'lga qo'yish mumkin. Jiddiy jarohat yuzaga kelgan taqdirda bir marta operaciya va davolanish jarayoniga moliyaviy ko'mak berilishi futbolchilarga ham ruhiy, ham iqtisodiy tarafdan foyda keltiradi. Turli xayriya uchrashuvlari o'tkazish orqali boshqa narsalar uchun pul ishlab topish vakolati uyushmaga taqdim etilishi kerak.
“FIFPro” futbolchilarning turli kurslarga o'qishi yuzasidan ham yordam ko'rsatadi. Menejerlik yoki futbolda faoliyatni davom ettirish uchun turli kurslarda tahsil olish imkoniyati mavjud. Ushbu uyushmaning eng yaxshi jihatlaridan biri sifatida jamoasiz qolib ketgan futbolchilar ishtirokida maxsus uchrashuv tashkil qilib, o'sha o'yinga ko'plab jamoalar vakillarini taklif etishidir. Natijada futbolchilar o'zlariga yangi jamoa topish imkoniyatini qo'lga kiritishadi. Bazida bunday ishga futbol agentlari qo'l urib turishadi. To'g'ri, bizda bunday uchrashuvlarni tashkil qilishning hojati bo'lmas, chunki aksariyat holatlarda futbolchilar tanishlari orqali boshqa jamoada o'z kuchlarini sinab ko'rishadi. Lekin o'yinchilarning huquqlarini himoya qilish va ular yordamga muhtoj holatlarda zarur tavsiyalar berish, amaliy ko'mak ko'rsatish singari jihatlar borasida oldinga qadam tashlashimiz zarurligi ko'rinib turibdi. MDH davlatlari ichida Rossiyada uyushma ancha yaxshi faoliyat olib borayotganini takidlash lozim. SHuningdek, Qozog'istonda bunga katta etibor qaratishga harakat qilishyapti.
Bizda hozir vaziyat shundayki, og'ir jarohat olgan futbolchilar hech kimga kerak bo'lmay qolmoqda. Natijada jarohatdan keyin futbolni tashlab, boshqa ishga o'tib ketishga majbur bo'lib qoladi. Albatta, eplaganlar o'yinchilik davridayoq turli sohalarga pul tikish orqali moliyaviy holatini yaxshi ko'rinishga keltirib oladi. Biroq aksincha vaziyatda futbol tufayli boshqa sohalar bilan yaxshiroq tanishmaganlar noqulay ahvolga tushib qolishadi. Uyushma esa aynan o'qitish va turli sohalarga yo'nalish berish borasida ham tegishli maslahatlar berishi mumkin. Agarda futbolchi va murabbiylar huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmasi tuzilsa, bu futbolimizning oldinga qadam tashlashi uchun qo'yilgan yana bir qadam bo'lardi. Bu ish boshida futboldagi hodisalardan yaxshi xabardor bo'lgan insonlar bo'lishi maqulroq.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar