So’nggi yangiliklar

09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  6 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0

"Futbolchilar barcha o'yinlarga jiddiy qarashdi va buning samarasini ko'rishdi". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Futbolchilar barcha o'yinlarga jiddiy qarashdi va buning samarasini ko'rishdi". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani

OFK kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Oltin Asr" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kech. Birinchi galda futbolchilarimga musobaqada borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. Muxlislarimizni tabriklayman. Guruhdan chiqqanimizdan xursandman. Endilikda oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Uchta uchrashuvda raqiblarimizga jiddiy munosabatda bo'ldik. Yigitlar masuliyatni his qilgan holda o'ynashdi. Bugungi raqibimiz tajribali jamoa edi. Ularning jismoniy jihatdan tayyor emasligini bilardik. Futbolchilar buni tushungan holda tezroq harakat qilishdi va birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdik. Yana bir bor hammaga rahmat", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Husayn Norchaev: 

- Bugun o'yin nazoratimizda bo'ldi. "Oltin Asr" tajribaliroq jamoa edi. SHuni bilgan holda harakatlarimizga tezlik qo'shishga intildik. Birinchi bo'limda ikkita gol urib ishimizni yanada osonlashtirib oldik. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni jamoamiz to'liq bajardi. Guruhdan chiqqanimiz bilan barchani tabriklab qolaman.

- "Nasaf" ishtirokidagi o'yinlarda qiziq holat bo'ldiki, jamoa barcha gollarni faqat bitta taymda urdi. Ikkita bahsda uchrashuvning dastlabki qismida hisobda oldinga chiqib olgach bo'shash holati kuzatilgani nimaga bog'liq?

- Qaysidir pallada o'yinni kuchaytirish kerak bo'lsa, kuchaytiramiz. Bo'shashish ruhiyat bilan bog'liq. Birinchi turda dastlabki bo'limda gol urishni uddasidan chiqa olmagandik. Oxirgi ikki o'yinda esa birinchi bo'limda gol urib oldik. Bu haqida futbolchilarga ko'rsatmalar berilgandi. Ko'proq vaziyatlar yaratishimiz uqtirildi. Biroq nima uchundir ko'proq natijani saqlab qolishga o'ynashdi. 

- "Nasaf" uchta o'yinda 9 ochko jamg'ardi va 9ta gol urdi. Muvaffaqiyat siri nimada?

- Ushbu turnirga futbolchilarimizni birlashtirgan holda yaxshi tayyorlash talab qilinardi. SHogirdlarimga musobaqaga jiddiy ruhda yondoshishgani uchun rahmat aytaman. Darajamiz biroz bo'lsada yuqori ekanligini bilib turgandik. Faqat buni maydonda ko'rsatishimiz kerak edi, xolos. 

- Agarda OCHLda ham ishtirok etganinglarda shunday natija qayd eta olarmidinglar?

- OCHL va OFK o'rtasidagi darajada farq katta. Nima bo'lganda ham o'z o'yinimizdan tashqariga chiqmasdik. OCHLda futbolchilar, jamoalarning saviyasi katta. U erda bunday oson o'yinlar bo'lmaydi.

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика