Futbolchi restlingga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
22 may 2018, 11:57
"Norvich" jamoasining sobiq futbolchisi Grant Xolt restling sport turiga o'tmoqda.

Yaqin vaqtlarda 37 yoshli angliyalik restling sport turining mashg'ulotlariga qatnay boshladi. U o'tgan mavsumda Angliyaning "Barrou" jamoasi sharafini himoya qildi.

Xolt 2009/10, 2010/11, 2011/12 yilgi mavsumda "Norvich"ning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Grant keyingi yildan restling ringlariga chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Guardian