So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Futbolchi... Yangiliklar

Futbolchi...

Teglar :  Futbolchi
Futbolchining mehnati og'irligini bilardim. 2 yildan beri o'zim klub ochganimdan keyin uning mashaqqatini his eta boshladim.

Bugun ota-onalar 7 yoshdan bolalarini futbolga berayaptilar. Kimlardir 5 yoshdan. Keling, futbolchi ilk maoshini olguniga qadar qanday qiyinchiliklarni o'z boshidan o'tkazishini sanab o'tsak.

6-7 yosh. Mashg'ulotlar haftasiga 2 marotaba bo'ladi. Multfil yoki qiziqarli film boshlanay deb turgan payt mashg'ulotga borish kerak. Yoshlikdagi o'yinchoqlar to'pga almashadi. Bu yoshda bolajonlar tushlik mahal o'z tug'ilgan kunlarini nishonlaydilar. Tug'ilgan kun bekor, mashg'ulotga borishdan oldin to'yib uxlab olish kerak. Niyat bitta, futbolchi bo'lish.

8-10 yosh. Mashg'ulotlar haftasiga 3 marotaba, endi har yakshanba futbol uchrashuvi. Bu degani shanba kuni mashg'ulot bo'lmasada, o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak. Asosiy tarkibga tushish uchun murabbiyning har bir aytganini bekamu-ko'st bajarmoq lozim. Aksiga olib maktab boshlangan. Kimdir birinchi "smena"da, yana kimdir ikkinchi "smena"da o'qiydi. Ayniqsa 12:00da o'qishni boshlaydiganlar tongda turib apil-tapil choy ichib mashg'ulotga yuguradi. Mashg'ulotda ancha kuch yo'qotgach, kiyinib maktabga shoshish kerak. Maktabgacha kimningdir qorni to'q bo'ladi, kimningdir yo'q. Maktab tugagach uyga vazifalarni bajarish kerak. Ertalabki charchoq o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi, "tappa" tashlab uxlaydi. Yoki aksincha, maktabdan chiqib tushlik qiladida, mashg'ulot. Mashg'ulotdan tolib kelgach bir amallab dars qilinadi. U ham "qotib" uxlaydi. SHunday alfozda yillar o'tadi, ko'chada o'tadigan bolalikka xayr. Berkinmachoq, quvlashmachoq o'ynash. Ko'chada shataloq otish, mahalladagi do'stlar bilan har xil o'yinlar o'ynash yig'ishtiriladi.

11-13 yosh. Mashg'ulotga endi nazariyot qo'shiladi. Endi 3 kun emas, 5 kun. O'yin kuni bilan qo'shilganda 6 kun har kuni bir xil rejim va bu ozroq tatillarda to'xtamasa, yil bo'yi davom etadi. Aksiga olib murabbiydan eshitiladigan gap. Rahmat aytasiz bolaga, futbolni tashlab yubormayotganiga. Iroda kuchlilik qiladi. Kamiga ota-ona ingliz tilini yaxshi bilsin deb qo'shimcha darsga olib boradi. Undan tashqari murabbiy "Koka-kola", "Fanta" kabi gazli ichimliklar ichsang maydonga tushmaysan deydi. SHirinliklarga ham "zapret" qo'yiladi. Murabbiyning aytganini qilmasa maydonga tushmaydi, rozi bo'ladi.

14-16 yosh. Endi mashg'ulotlar har qanday ob-havoda ham davom etadi. Bu yoshga kelib bolada o'tish bosqichi. Mo'ylovchalar chiqa boshlaydi. Qizlarga o'zini ko'rsatay deydi. Lekin qani edi vaqt bo'lsa? Yana o'sha mashg'ulot, mashg'ulot, mashg'ulot! Kamiga turnir jadvalida kimningdir ahvoli yaxshi, yana kimningdir jamoasi mag'lubiyatlar iskanjasida. Bora-bora sifatga qarab keta boshlaydi. Futbolchi bo'laman deb niyat qilganlarning 100 nafardan 70 nafari allaqachon qiyinchilikka dosh bera olmay uni tashlab yuborgan. Kimdir uchun bu so'nggi najot yo'li, oilani boqish uchun. Imkoniyati bor bolaning oyog'ida eng qimmat butsa, egnida issiq kiyim. Imkoniyati yo'q esa maktabdan tashqari bozorga chiqadi, keyin mashg'ulot. Oyog'idagi butsa esa allaqachon eskirib bo'lgan. Yamoqni ko'rsatishdan uyaladi va safning eng so'nngi qatorida turadi.

17-19 yosh. Endi ortga yo'l yo'q. Jismoniy tayyorgarlikka zo'r berish kerak. Haftadagi mashg'ulotlar emas, kundagi mashg'ulotlar ikki barobariga oshadi. Juda qiyin vaziyat. Futbolchi bo'lib etildim degan bir paytda uning qishlog'iga bironta selekcioner kelmaydi. Futbolni tashlab yuborish haqida o'ylay boshlaydi. Lekin ortga qaraydi, 10 yil nima qildim, agar futbolchi bo'la olmasam? Axir 10 yil ichida boshqa qancha ish qilsam bo'lar ediku, deb afsuslanadi. Poytaxtda bu birmuncha osonroq, lekin klublar soni haddan tashqari ko'p. Bir poziciyaga 10 yillab ishlagan yana 10 kishi turadi. Raqobat juda kuchli. 100 nafar boshlagan bolakaydan, bu paytga kelib bor yo'g'i 5-6 kishi qolgan bo'ladi (o'rtacha 100 kishiga solishtirganda). Musobaqalar soni esa cheklangan. Hamma ham tarkibga tusha olmaydi. Bu paytga qadar bir futbolchi necha marotaba jarohat olgani, oyog'i yoki qo'li sinib uyda azoblanib yotganlarining hisobi bo'lmaydi. U futbolchi bo'ladimi yo'qmi, yoshi 35ga kirgandan keyin kechalari bellari va oyoqlari og'rib chiqishini aytmasa ham bo'ladi. 30ga kirganda esa tizza cho'kib o'tirishni allaqachon unutib qo'yganini o'zi bilmaydi ham. CHunki biz oddiy insonlar kabi futbolchilar tizza cho'kib o'tira olmaydi, oyoqlar og'riydi.


19 yoshdan keyin... Sanoqli insonlargagina professional klub bilan shartnoma imzolash nasib etadi. SHundan keyin unga oson davr boshlanadi deb o'ylaysizmi, yo'q. To'g'ri, pul topishni boshlaydilar. Lekin qarang professional shartnomaga ega chiqqunlariga qadar ular qanchadan-qancha hayotning lazzatlariga qo'l siltashga majbur bo'ldilar. Mo'may daroma egasi bo'lgach ham ularni boyib ketadi deb o'ylamang. Klub uchun ular sog'ligida kerak xolos. 25 yoshga kirib endi uyini to'g'irlab, oila qurganda bitta og'ir jarohat olsa tamom! Klub undan osonlikcha voz kechadi. Bizda Evropa kabi kamdan-kam hollarda uning salomatligi bilan klub qayg'uradi, xayr futbol! Endi qishgi yig'inlar boshlanadi. Olis safarga ketadi, Hammamiz o'ylaymiz, ular davlatning puliga aylangani ketdi. Orasida bir ikki shundayi bo'ladi. Lekin ketish oldidan kimningdir rafiqasi homilador bo'ladi, kimningdir otasi betob. Ammo ketmasa bo'lmaydi, xudoga omonat. Safardasan, uyingdan 4000 km olisda. Hayoling kasbing futbolda bo'lsinmi yoki oilangda. Yoki eng quvonchli, yoki qayg'uli kunda oilang oldida bo'lmaysan. SHunda, topayotgan millionlar ham ko'zga ko'rinmaydi. Farzanding ota mexriga zor o'sa boshlaydi. Endi tili chiqayotgan jajji qizchasini "dada, yana ketayapsizmi" degan shirin gapiga beixtiyor ko'ziga yosh oladi. Tashladim shu futbolni deydi, keyin o'ylaydi... Terma jamoaning o'yini bor, men Vatan uchun to'p tepishim kerak. CHidaydi. Maydonga chiqadi, yutib turganingda undan zo'ri yo'q, yutqazsang tamom! Onamda nima ayb deysan? Meni haqoratla, onamni tinch qo'y deydi!


Etibor bering! Biron futbolchi yoshligida ustoz tanlamaydi. Kimningdir baxti yaxshi murabbiyning qo'liga tushishi. O'ynashni eplay olmaydi deymiz aksar hollarda, lekin o'z paytida to'g'ri o'ynashni o'rgata oladigan murabbiylarni etishtirdikmi deb o'ylamaymiz. Bizdagi barcha futbolchilar o'sha yoshlikda o'rgatilgan bilim asosida maydonga chiqadilar. 20 yoshdan o'tgandan keyin, poydevor qo'yilmagan tanani hech qachon Ronaldu yoki Messi o'z tanasini boshqaranidek boshqara olmaysiz. Bizdagi muammo shundaki, bolalar futbolidagi murabbiylarimizning malakasi bilan jiddiy shug'ullanmayotganimiz. SHuning uchun futbolchilarni emas, avvalo tizimdagi muammolarni ko'rishimiz kerak.

So'nggi so'z o'rnida aytishim mumkin bo'lgan yagona so'z, futbolchilarga RAHMAT!

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика