So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  0 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  18 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  13 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Futbol viktorinasi. 2-sonning javoblari bilan tanishing Yangiliklar

Futbol viktorinasi. 2-sonning javoblari bilan tanishing

Biroz avval etiboringizga futbolga oid bir qancha savollarni taqdim qilgandik.

Futbol viktorinasi. Bilimingizni sinab ko'ring (2-son)

Marhamat, javoblar bilan tanishing. 

1. Ushbu futbolchi faoliyatining bir qiziq tomoni bor: u professional faoliyatini 3 marta yakunlagan. Qahramonimiz 2006 yilning yozida o'zini tarbiyalagan klub safiga borib qo'shildi. 2012 yilga qadar o'sha jamoa sharafini himoya qilgach, faoliyatini birinchi marta yakunladi. Bir yillik tanaffusdan so'ng (2013 yilning yozida) yana o'sha klub safiga qo'shildi va bir mavsum harakatlanib, 2014 yilning 1 iyulida futboldan 2-marta ketdi. Oradan 3 yil o'tdi. Erinmagan banda ekanki, 2017 yilning yanvarida yana maydonga qaytdi va yana o'sha jamoa tarkibiga qo'shildi. Darvoqe, u bu paytga kelib mazkur klub prezidenti lavozimida ham faoliyat olib borayotgan edi. Nihoyat, 2017 yilning yozida chinakamiga futbolchilik faoliyatini (3-marta) yakunlagan futbolchi va u to'p tepgan so'nggi klub nomini toping.

Javob: Xuan Sebastyan Veron, "Estudiantes".

2. Endi 2 kishi haqida gap boradi. Ularning taqdiri shunchalik o'xshashki, egizaklarnikidan-da yaqinroq. Ular bitta malakatda tug'ilishgan. Har ikkovining otasi futbolchi, onasi esa gandbol bo'yicha mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Qizig'i shundaki, har ikki futbolchi ulg'ayib butunlay boshqa yurt terma jamoasi hujum chizig'ida tandem hosil qilishdi. Qahramonlarimiz ajoyib faoliyat yuritib, har bir hujumchi (Ronaldu-yu Messi ham) orzu qiladigan rekordlarni ham o'rnatishdi. Yuqorida kimlarning tarifi keltirildi?

Javob: Lukas Podolski va Miroslav Kloze.

3. Bir paytlar Madridning "Real" klubi hujum chizig'ini bezagan mazkur futbolchi 3 mamlakat milliy terma jamoalari sharafini himoya qilishga ulgurgan. Gap kim haqida boryapti?

Javob: Alfredo Di Stefano.

Takidlash lozimki, bir nechta foydalanuvchilarimiz barcha savollarga to'g'ri javob topa olishdi. Etiboringiz uchun tashakkur!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика