"Futbol TV" rahbari APL translyaciyasi sotib olinmayotganida "Sport TV"ni aybladi
05 avg 2022 14:02
Yangiliklar
"Futbol TV" rahbari APL translyaciyasi sotib olinmayotganida "Sport TV"ni aybladi
U "Sport TV" narxlarni ko'tarib yuborishda aybladi.
"Assalomu aleykum barchaga, hozirgi global savol — APL nima bo'lyapti??? APLni ololmayotganimiz uchun MTRK ("Sport") telekanaliga katta rahmat deb qo'yasizlar, chunki ularni deb narxlar salkam 9-10 barobar oshib ketdi. Ular xohlagancha byudjet (xalq pulidan)dan foydalangan holda, sotilayotgan narxdan 5-6 barobar ko'p pul berib, chempionatlarni sotib oldi. SHundan kelib chiqib, translyaciya huquqini sotish bilan shug'ullanadigan kompaniyalar narxlarni juda katta foizda ko'tarib tashlashdi. Lekin ortga qaytish yo'q, translyaciya huquqini olish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilyapmiz", — deb yozdi Oybek Ortiqov o'z instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasi o'yinlari bugundan start oladi.
Fikrlar