So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

Futbol tarixiga muhrlangan retrosuratlar. 4-QISM. (+10 foto) Yangiliklar

Futbol tarixiga muhrlangan retrosuratlar. 4-QISM. (+10 foto)

Retrosuratlarning navbatdagi qismini etiboringizga havola etamiz.

ECHL. 1998/99 yilgi mavsum. Final. “Manchester Yunayted” – “Bavariya” – 2:1.

“Kamp Nou”dagi drama! Ser Aleks Fergyuson zaxiradan tushirgan birinchi futbolchisi Teddi SHeringem hakam tomonidan qo'shib berilgan ilk daqiqada Oliver Kan darvozasini ishg'ol qilib, hisobni (1:1) tenglashtiradi. Keyin esa uchrashuvning 81-daqiqasida Endi Koul o'rniga maydonga tushgan Ole Gunnar Sulsher so'nggi soniyalarda gol urib, “qizil iblislar”ga Evropa chempionligini taqdim etadi.

SHotlandiya chempionati. 2002/03 yilgi mavsum. 

“Reynjers” bilan musobaqa g'olibligini nishonlayotgan SHota Arveladze. 

2004-yil. 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionati. Final. Franciya – Ispaniya – 2:1.

Karim Benzema, Hatem Ben Arfa hamda Samir Nasri bosh sovrin bilan.

APL. 2003/04 yilgi mavsum. 

"Arsenal" musobaqa tarixida mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlagan ilk klub sifatida oltin kubok sohibiga aylanadi. “To'pchilar” chempionatda o'tkazilgan 38 turning 26tasida g'alaba qozonib, 12 marta raqiblar bilan murosa yo'lini tanlagan edi. 

2009-yil. O'rtoqlik uchrashuvi. “Barselona” – “Bunyodkor” – 1:1. 

Gollarni Karles Puyol va Server Jeparov urgan.

Evro-2004. Guruh bosqichi. Gollandiya – CHexiya – 2:3.

Ushbu bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'ygan Pavel Nedved (chapda), Yan Koller (o'ngda) hamda musobaqada 5ta gol bilan to'purar bo'lgan Milan Barosh.

ECHL. 1997/98 yilgi mavsum. Guruh bosqichi, “Barselona” – “Dinamo K” – 0:4. 

Mazkur kechada kievliklar safida xet-trik qayd etib, porlagan Andrey SHevchenko. 

ECHL. 2012/13 yilgi mavsum. Yarim final. “Borussiya D” – “Real” – 4:1. 

“Arilar”ning oltin avlodi. Levandovski uchrashuvda “qirollik klubi” darvozasiga poker yozib qo'ygandi. 

1985-yil. 

“Roma” yarimhimoyachisi – Karlo Anchelotti. U rimliklar safida 1979-1987-yillar oralig'ida harakat qilgan. Keyinchalik “Milan”ga o'tib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan. 

2003/04 yilgi mavsum. CSKAning jamoaviy fotosurati. 

Pastki qator chapdan birinchi o'tirgan futbolchini tanidingizmi? 

+Bonus

1905/06 yilgi mavsum. 

“CHelsi” darvozaboni Uilyam Fulk. Futbol tarixidagi eng og'ir vaznli posbonlardan biri. Uning og'irligi 150 kg atrofini tashkil qilgan. 

Akmurzaev Eldor tayyorladi.


Futbol tarixiga muhrlangan retrosuratlar. 1-QISM. 

Futbol tarixiga muhrlangan retrosuratlar. 2-QISM. 

Futbol tarixiga muhrlangan retrosuratlar. 3-QISM.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика