So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. Аморим Лиccабонда Гвардиоланинг таъзирини берди, "Ливерпуль" "Байер"га имконият қолдирмади  56 03:00ЕЧЛ. "Реал" бу сафар ўз уйида "Милан"га ютқазди  125 01:39"Пахтакор" устунликка эга бўлган, аммо якунда "Ал Райян" ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 01:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Ғарбий минтақада 4-турдан кейинги ҳолат  0 01:00Элит ОЧЛ. "Ал Насср" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади. Роналдудан гол  24 00:55Аргентина термасининг ЖЧ-2026 саралаш ўйинлари учун қайдномасини эълон қилинди  6 00:35Элит ОЧЛ. Назаровнинг хатоси "Пахтакор"га қимматга тушди  4 00:25АПЛ грандлари "Барселона"нинг 21 ёшли иқтидорига қизиқиб қолишди  14 23:56Юнус Али: "Пахтакор" биринчи бўлимнинг ўзидаёқ интригани йўқ қилиши мумкин эди, аммо..."  6 23:12Камолиддин Тожиев: "Ҳаводан узатилган тўп дарвозамизга кириб кетди. Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  29 22:18Суперлига. "Навбаҳор" – "Пахтакор" ва 24-турнинг бошқа учрашувларида қайси ҳакамлар ишлаши аниқ  9 21:50"Қизилқум" ўйинчисига қизил карточка кўрсатилиши керак эди" – Суперлига 23-туридаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси эълон қилинди  2 21:15Расман: Крестинин бошчилигидаги "Локомотив" мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  5 20:57ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" узоқ масофадан ўтказиб юборилган гол туфайли ўз майдонида "Ал Райян"га ютқазди  206 20:32Расман: "Бухоро" Суперлига йўлланмасини нақд қилди!  16

Futbol tarixidagi eng yomon 5 futbolchi o'zgartirilishi Yangiliklar

Futbol tarixidagi eng yomon 5 futbolchi o'zgartirilishi

O'yinchi o'zgarishlar - futbolning bir qismi.

Yangilardan har doim o'yinni kuchaytirish va oldiga qo'yilgan vazifani bajarish talab etiladi.

2014 yilgi JCH finalida Yoaxim Lev yarim himoyachi Mario Gyotceni zaxiradan maydonga tushirdi va aynan u gol urib, termasiga jahon chempionligi taqdim etdi.

Ammo, zaxiradan tushadigan futbolchilar har doim ham ishonchni oqlamaydi va qisqa muddatda jamoasini yomon holatga tushirib qo'yadi. Quyida biz shu haqida to'xtalamiz.

5. BALOTELLI, YAXSHIROQ BO'L, BALOTELLI

Bir vaqtlar Mario Balotelli felini o'zgartirgani va kengtabiatli inson bo'layotgani uchun faoliyati ham yaxshi tomonga qarab ketayotgandi. Evro-2012ning yarim finalida Germaniya termasi ustidan qozonilgan g'alabada ikkita gol urganida biz buning guvohi bo'lgandik. 2009 yilda "Inter" tarkibida ECHL doirasida "Rubin" darvozasiga ham muhim golni kiritdi.

Javob uchrashuvida italiyalik futbolchi tanaffusga qadar sariq kartochka olishga ulgurdi. Tanaffus vaqtida esa Joze Mourino futbolchini tartibli o'ynashi va qizil kartochka olmasligi kerakligini aytgandi. Biroq u uchrashuvning 60-daqiqasida Kristian Noboaga ishlatgan qo'polligi uchun chetlatildi. O'shandan keyin Balotelli va qizil kartochka nomi sinonimga aylanib qoldi.

2011 yilning noyabr oyida "Manchester Siti" safarda "Liverpul" bilan durang o'ynadi, 1:1. Uchrashuvning 31-daqiqasida Vensan Kompani hisobni ochgandi. Oradan 2 daqiqa o'tib, Leskottning avtogolidan keyin hisob tenglashdi. 

65-daqiqada Roberto Manchini g'alaba qozonish uchun maydonga Mario Balotellini tashladi. Oradan 12 daqiqa vaqt o'tib, u Glen Jonsonga qo'pollik ishlatdi. 83-daqiqada esa Martin SHkrtelga nisbatan foli uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Balotelli  o'sha uchrashuvda 18 daqiqa harakat qildi.

4. STIVEN JERRARDNING OMADSIZLIGI

"Liverpul"ning haqiqiy afsonasi. Bir vaqtning o'zida u ham klub, ham mamlakat terma jamoasi sardori bo'ldi. 

Mana bir necha yillardan buyon "Liverpul" va "Manchester Yunayted" o'rtasida katta raqobat bor. Fakt bo'yicha ushbu klublar  Angliyaning eng sovrindor jamoalaridir.

2015 yilning mart oyida "Liverpul" o'z maydonida "Manchester Yunayted" bilan bahs olib bordi. Lui van Galning MYUsi unchalik kuchli emasdi. SHu boisdan bo'lsa kerak, bosh murabbiy Stiven Jerardni zaxirada qoldirdi. Ammo ilk bo'limda barchasi Brendan Rojers o'ylagandek bo'lmadi. Xuan Mata jamoadoshi Ander Erreradan to'pni qabul qilib oldi va "Liverpul"ning himoyasidagi bo'shliqdan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Hisobda ortda borayotgan "Liverpul" g'oliblikni istadi va bosh murabbiy tanaffusdan keyin maydonga Stiven Jerrardni maydonga tashladi.

Ammo StiviJi Ander Erreraning oyog'ini atayin bosgani uchun

38-soniyadayoq qizil kartochka oldi.

O'sha bahsda Xuan Mata dubl qayd etdi va MYU 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

3. MESSINING OMADSIZ DEBYUTI

Ko'pchilik Messi termasi uchun jon kuydirmaydi deb o'ylaydi.

Messi esa o'yin vaqtida to'pni ushlab turib, raqib psixologiyasini buzib tashlash qobiliyati juda yaxshi. Faoliyati davomida 600dan ortiq gol urgan futbolchining yaxshi sifatlarini aytib chiqishga vaqt etmaydi.

Argentinaning yoshlar termasi bosh murabbiyi Xose Pekerman Messi orqali termadagi hujum chizig'ini kuchaytirgandi. 

2005 yilda u yoshlar o'rtasidagi JCHda chiroyli harakatlari bilan barchadan ajralib turdi.

2005 yilning 17 avgustida Argentina termasining Vengriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Messi (18 yoshda edi) "o'rindiqqa" jo'natilgandi. Etiborlisi, bu uning milliy termadagi debyut bahsi edi.

O'shanda u to'pni egallab olganida ortidan himoyachi uning kiyimidan ushlab qoldi. Messi esa qo'lini ko'targanida raqibini urib yubordi. Maydonga tushganiga 40 soniya bo'lmasidan hakam Messiga shubhali qizil kartochka berdi.

2. FOSU-MENSA KETDI, "YUNAYTED" KETDI

2016 yil. "Manchester Yunayted" Lui van Gal qo'l ostida etakchi jamoalarga qarshi yaxshi o'yin namoyish etmayapti.

Jamoa 10 aprel kunida "Tottenxem"ga qarshi bahsda maydonga tushdi. O'sha kuni 18 yoshli Timoti Fosu-Mensa jamoaning etakchi futbolchisi bo'ldi va markaziy himoyachi raqibning barcha hujumlarini qaytarishga erishayotgandi. Ammo 68-daqiqada jarohat oldi va uning o'rniga Matteo Darmian tushirildi. Yakunda ushbu o'zgarish jamoaning mag'lubiyatiga sababchi bo'ldi. Darmian ishonchni oqlamadi. 70, 74 va 76-daqiqalarda "shporlar" uch gol kiritishdi va "Tottenxem" 3:0 hisobidagi g'alabaga erishdi.

1. XUAN KUADRADONING FINALDAGI QIZILI

2017 yilning 3 iyunida "Real" ECHL finalida "Yuventus"ni yirik hisobda mag'lub etdi.

O'sha uchrashuvning 66-daqiqasida "Yuventus" 3:1 hisobida mag'lub bo'layotgandi. O'shanda Allegri o'yinni qutqarish maqsadida Xuan Kuadradoni maydonga tashladi va bu o'zini oqlamadi.

72-daqiqada kolumbiyalik futbolchi ilk sariq kartochkasini oldi. 84-daqiqada esa Serxio Ramosga qo'lini tekkazib qo'ydi. Ispaniyalik himoyachi erga yotib oldi va "Yuve" futbolchisiga qizil kartochka berildi. Yakunda "Real" 4:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика