So’nggi yangiliklar

22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  0 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  0 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  0 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  1 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  6 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  12 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2 17:33"Реал", "Ливерпуль" ва МЮ қизиқаётган футболчига нарх белгиланди  2 17:06"Манчестер Сити" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона" собиқ футболчиси учун курашади  0 16:39Бензема "Реал"га қайтадими?  3 16:15Муҳаммадали Ўринбоевга "U-20 Осиё Кубогининг энг яхши тўпурари" соврини топширилди   5 16:00Педру Морейра "Ал Ҳилол"га қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  15

Futbol tarixidagi eng g'aroyib avtogollar (top-15). O'z darvozasiga xet-trik qayd etgan o'yinchini bilasizmi? Yangiliklar

Futbol tarixidagi eng g'aroyib avtogollar (top-15). O'z darvozasiga xet-trik qayd etgan o'yinchini bilasizmi?

Teglar :  Avtogol
Har qanday futbolchi chiroyli gol urishni istaydi, ammo o'z darvozasiga emas.

Ayollar futboli bo'yicha SheBelieves Cup xalqaro o'rtoqlik musobaqasida AQSH terma jamoasi Yangi Zelandiyani 5:0 hisobida tor-mor etdi.

Uchrashuvda qiziq holat yuz berdi. "Liverpul" ayollar klubi va Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasi himoyachisi Mikeyla Mur o'z darvozasini 3 marta ishg'ol qildi. Qolgan ikki golga Eshli Hetch va Mellori Pyu mualliflik qildi.

Etiborlisi, Mur "ideal xet-trik" qayd etdi, yani, u chap oyoqda, o'ng oyoqda va bosh bilan darvozani ishg'ol qilgan. Bunaqasi ayollar futboli tarixida hozirgacha kuzatilmagandi.


SHunday natijaga qaramay, Mur bizning ro'xatga kirishi uchun bundan-da chiroyliroq "qovun tushirishi" lozim.


15. Toni Popovich (Portsmut — Kristal Pelas, 2004)

"Portsmut"ga qarshi o'yinda Popovich o'ng tizzasida shunaqangi mohirona zarba yo'lladiki, bu to'pni qaytarish uncha-muncha posbonning qo'lidan kelmaydi.


14. Lauren (Manchester Siti — Arsenal, 2003)

Ushbu "klip" nomi "Xotirjamlik" deya nomlanadi. "To'pchilar"ning kamerunlik futbolchisi raqib hujumchisini xafa qilishni istamadi.


13. Li Dikson (Arsenal — Koventri, 1991)

"Koventri" futbolchisining uzatmasidan so'ng to'p Diksonga kelib tushdi. Uning oldida deyarli hech qanday xavf yo'q edi. U mashg'ulotlarda to'pni havodan darvozaga kiritishni yaxshi mashq qilganligini isbotladi, biroq u mo'ljallagan nuqta o'z darvozasi ekanligini unutib qo'ydi.


12. Jimi Traore (Byornli — Liverpul, 2005)

“Biskanni ayblamang, Xamanni ayblamang, Finnanni ayblamang, Traoreni ayblang.

"U oyoqlarini boshqara olmaydi..."

2005 yil Angliya kubogi uchinchi bosqichida “qizillar”ni musobaqadan chiqib ketishiga sabab bo'lgan Jimining “Byornli”ga qarshi o'yinidan keyin “Liverpul” muxlislari shunday ohangda kuylashdi. 


11. Assaf Mendesh (Makkabi — Dinamo Kiev)

"SHamol yo'nalishiga qarshi futbol o'ynamang" deya nomlangan gol


10. Jeymi Pollok (Manchester Siti — KPR, 1998)

Pollokning avtogoli ingliz futboli tarixidagi eng mashhur avtogollardan biri sanaladi. Himoyachi nafaqat raqib futbolchisi Martin Margetsonni aldadi, balki o'z jamoasining darvozabonini ham laqillatdi.


9. Muhammad SHatnaviy (Al Vehdat — Al Faysali, 2015)

Iordaniya chempionatidagi derbida "Al Faysali" darvozaboni dastlab raqib zarbasini qaytardi, bunga o'z jamoadoshlari qarsak chalsa arziydi, ammo uning keyingi harakatlarini faqat raqiblari olqishlagan bo'lsa, ajabmas.


8. Santyago Verjini (Sautgempton — Sanderlend, 2014)

"Sanderlend" so'nggi yillarda barqaror o'yin ko'rsata olgani yo'q, sermahsullik bobida ham unchalik maqtana olmaydi, biroq jamoa o'ta yirik hisobda g'alaba qozongan o'yinlar ham bor. Masalan, 2014/15 yilgi mavsumda "Sautgempton" 8:0 hisobida dog'da qoldirildi. "Sautgempton" devorining qulashini quyidagi avtogol boshlab berdi.

7. Frenk Kvidrue (Lans — Bastiya, 2001)

Kvidruening "Bastiya"ga qarshi bahsdagi harakati chap oyog'i bilan o'ng oyog'i almashib qolganda deb nomlanadi. Bunday gol urish ham osonmas.


6. Ueyn Xetsvell (Forest — Morekambe, 2001)

Hatto operator ham ushbu vaziyatda nima bo'lganini anglolmay qolgan. To'p "Forest Grin"ning darvoza chizig'i tomon kirib ketayotganiga qaramay, Xetsvell vaziyatni guyo nazorat qilgandek tuyulgandi, biroq markaziy yarim himoyachi to'pni uzoqlashtirish yoki maydondan tashqariga chiqarib yuborish o'rniga darvozaning yuqori burchagiga joylab qo'ydi. Darvozabon Stiv Perrinning achinarli reakciyasi esa avtogolni yanada go'zalroq bo'lishini taminlagan.


5. Mixael Rosh (Nadi — Tefana, 2016)

Darvozabon Mixael Rosh ham chiroyli gol urgisi keldi shekilli, o'tkir burchakdan o'z omadini sinab ko'rdi. Biroq uning raqib foydasiga ishlagan urinishi bezarar bo'ldi — uning jamoasi 6:1 hisobida g'alaba qozondi.

4. Anon (Fasil Kenema vs Velvalo Adigrat, 2018)

Darvozabonlar nafaqat oyoq bilan, balki qo'l bilan ham gol urishni boplaydi. Sizni Efiopiya chempionatidagi sarguzashtlarga chorlaymiz. Eng qizig'i, darvozabon hech narsa bo'lmagandek o'yinni davom ettirishga harakat qilgani bo'ldi.


3. Adrien Gulfo (Pully — Renes, 2017)

Gulfo akrobatik gol urish bo'yicha ustozlik qilsa arziydi, ammo shogirdlariga "Ustozingni aytganini qil, qilganini qilma" deb qo'yishi lozim.


2. Kris Brass (Darlington — Beri, 2006)

Futbolda avtogol urishdan yomonrog'i yo'q, ayniqsa u yuzingga tegib, burning mayib qilgan holda darvozaga kirib ketsa.


1. Fest Baise (Gongkong — Sun Xey, 2011)

Gongkong terma jamoasi futbolchisining "chayon" zarbasi oldida Jiruning goli ip esholmaydi. 


O.A

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика