O'zbekiston ayollar OTJ Turkiyadagi musobaqada Hindiston, Ruminiya va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2019, 17:37
Avval xabar berib o'tganimizdek, Tokio Olimpiadasining saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Alanya shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirda 8 ta terma jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. O'yinlar ikkita guruhda tashkil etiladi. Qizlarimiz A guruhida Ruminiya, Hindiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs yuritadilar. B guruhida esa Shimoliy Irlandiya, Fransiya, Qozog'iston va Iordaniya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.
 
O'zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasining musobaqadagi taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:
 
27 fevral:
Hindiston – O'zbekiston (Side shahri, Evrenseki stadioni)
 
1 mart:
O'zbekiston – Ruminiya (Side shahri, Evrenseki stadioni)
 
3 mart:
O'zbekiston – Turkmaniston (Side shahri, Xane stadioni)


 
5 mart kuni Alanyadagi Gold City stadionida so'nggi uchrashuvlar tashkil etiladi:
 
A guruhi 4-o'rin – B guruhi 4-o'rin
A guruhi 2-o'rin – B guruhi 2-o'rin
A guruhi 3-o'rin – B guruhi 3-o'rin
A guruhi 1-o'rin – B guruhi 1-o'rin
 
Terma jamoamiz qizlari ayni paytda Toshkent viloyatining Chorbog' oromgohida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda. Mashg'ulotlar 15 fevral kuni yakunlanadi. Shundan so'ng ularga uch kun dam beriladi. Safar oldidan tashkil etiladigan so'nggi yig'in 19-23 fevral kunlari Chig'atoy sport bazasida bo'lib o'tadi. 23 fevral tunda esa qizlarimiz Turkiyaga yo'l olishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olympic.uz