So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  3 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13

Futbol o'ynashni o'rganaman. Qanday maydonga qaysi butsani kiyish kerak? Yangiliklar

Futbol o'ynashni o'rganaman. Qanday maydonga qaysi butsani kiyish kerak?

Futbol millinolar o'yini hisoblanadi va bugundan boshlab saytimizning "Futbol o'ynashni o'rganaman" ruknida futbol o'ynashni sevadiganlar uchun turli foydali maslahatlar berib boriladi.

Ushbu rukndagi ilk mavzusi "qanday maydonga qaysi butsani kiyish kerak"

Futbol o'ynagani tayyorgarlik ko'rayotganingizda doimo sumkangizga kerakli narsalarni solib olasiz. Ko'pchilik Ronaldu yoki Messi kabi o'ynashni istab o'sha futbolchi formasi yoki butsasini kiyib oladi. Hammasi oddiydek, ammo futbol o'ynamoqchi bo'lsangiz zangori ekrandagi emas, balki maydonga mos tushuvchi oyoq kiyimdan foydalanganingiz maqulroq.


Ko'cha yoki zal

Siz do'stlaringiz bilan maktabingiz maydonida, zalida yoki o'z uyingiz ko'chasida futbol o'ynashni istasangiz krossovka yoki shunga o'xshash oyoq kiyimi tanlaganingiz to'g'riroq. Krossovkaga o'xshash oyoq kiyimlari orasida mayda tishli ketalar ham bor. Mayda tishli ketalarda har qanday qoplamli maydonda sekinlashish va to'xtash oson. Bu oyoq kiyimlarining salbiy jihati shundaki, yomg'ir yoki suvda krossovka va mayda tishli ketalar og'irlashib qoladi va xo'l tabiiy maydonda to'xtashning iloji bo'lmaydi.



Quruq tabiiy chimli maydon

O'zbekiston iqlimini hisobga olsak, tabiiy chimga ega futbol maydonlarning ko'pchiligi quruq va chim hamma joyda bir darajada emas. Bu tipdagi maydonlarda biroz enli, ammo kichikroq tishga ega bo'lgan butsalarni kiyish maqulroq. Aynin shunday butsalarni FG (firm ground - sirti qattiq) deb atashadi. Bu butsalar ham keta va krossovkalar kabi futbol uchun deyarli universal oyoq kiyim hisoblanadi. Ushbu klassik sport oyoq kiyimlari bilan "kal" maydonlarda o'ynab bo'lmaydi, ammo tabiiy va suniy chimlik maydonlar uchun bu butsalarning 11 yoki 13 tishligi tanlanadi. FGlar bilan suniy maydonda o'zingizni qulay his qilasangiz, chimi kamroq tabiiy maydonlarda o'zingizni xuddi "taqqilatib" yuradigan tovon qismi uzun bo'lgan oyoq kiyimda yurgandek bo'lasiz.



Suniy maydon

Suniy maydonlarda futbol o'ynashni xush ko'radiganlarga HG (Hard Ground - sirti qattiqroq) shifrovkaga ega butsalarni tavsiya qilamiz. Bu sport oyoq kiyimlarining tishlari kaltaroq. Suniy maydon futbolchilariga AG (Artificial Ground - suniy qoplam) shifrovkali butsalarni ham tavsiya etamiz. Bu butsalar suniy maydonlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan bo'lib, ushbu sport oyoq kiyimida futboldan rohat olasiz. AG butsalarida oddiy butsalardan ko'ra tishlari ko'proq va bu sizga sekinlashish va to'xtash uchun katta yordam beradi.



Tabiiy chimga ega xo'l maydon

Tabiiy chimli xo'l maydonlar bizda juda kam uchraydi va bu turdagi o'yingohlarni ko'proq Angliyada uchratish mumkin. Xo'l maydonda tezkor burilishlar amalga oshirish uchun kalta tishlar yaramaydi, shu sababli, ingliz maydonlarida ko'proq  6 tishli butsalarga (SG Soft Ground - sirti yumshoq (2 tasi tovonda, 4 tasi oldinda) murojaat qilishadi. Bu tishlar metalldan tayyorlangan bo'lib, ularni almashtirish, balandligini maydon chimiga qarab o'zgartirish mumkin. Sizga juda muhim eslatma, metall tishli butsalar bilan suniy maydonda to'p tepish qatiyan man qilinadi.


Bizning maslahatlarimiz sizga foyda beradi degan umiddamiz. Futboldan rohatlaning va saytimizdagi foydali maslahatlarga amal qiling.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика