So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

Futbol o'ynashni o'rganaman. O'yinoldi mashg'ulotlar Yangiliklar

Futbol o'ynashni o'rganaman. O'yinoldi mashg'ulotlar

Futbol millinolar o'yini hisoblanadi va bugundan boshlab saytimizning "Futbol o'ynashni o'rganaman" ruknida futbol o'ynashni sevadiganlar uchun turli foydali maslahatlar berib boriladi.

Ruknimizning ilk sonida qaysi maydonlarda qanday tishli butsalar kiyish haqida malum bergan edik. Bu safar do'stlaringiz bilan futbol uchrashuvidan oldin o'yinoldi mashg'ulotlar borasida maslahatlar beramiz.

O'YINOLDI MASHG'ULOTLAR

Vaqtingiz juda ko'p bo'lmasada baribir mashg'ulotdan voz kechmaslik kerak. Sovuq mushaklarni jarohatlash oson va bir necha daqiqa tejab qolishga urinishingiz haftalab shikastlanishni davolashga olib kelishi mumkin.


Mashg'ulotni boshlashdan oldin biroz yugurib oling, bu yuragingizni tezroq urishiga majbur qiladi, haroratingiz ko'tariladi. Bor kuch bilan yugurish kerak emas, biroz terlab olishning o'zi etarli.


Tanani qizdirishni tepadan boshlang. Avvaliga bo'yin mushaklari, keyin elka va qo'l, keyin bel, son va oyoq mushaklarini mashqlar bilan ishlang.


Bu mashg'ulotlarni birinchi bajarishda biroz engilroq va sekinroq qiling. Asosiysi shoshilmaslik. Birdaniga tanani qiynash ham jarohat keltirib chiqaradi. Asta-sekinlik bilan tanangizning egiluvchanligini oshirish lozim. Paylarni sekin cho'zing.


Ilk mashg'ulotlarni yakunlagan bo'lsangiz ushbu mashqlarni qaytadan bajaring, ammo bu safar biroz kuch bilan. Mashg'ulot payti yodingizda bo'lsin, tanangiz futbol o'yini paytida bundanda qiyinroq harakatlarni bajaradi. Mashg'ulotlar yakunlandi, o'zingizni ancha tetik his qilyapsizmi? Unday bo'lsa o'z jamoangizga qo'shilib, fantastik gollarni kiritishni boshlang va ularni chiroyli nishonlashni ham unutmang.




Ruknimizning butsalarga oid sonini o'qimagan bo'lsangiz, buni hoziroq amalga oshiring. SHunchaki mana shu so'zlar ustiga bosing.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика