So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  0 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  2 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  2 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  14 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  28 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  2 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3

Futbol oldi-sottisi: Asl qiyofasi ko'rinayotgan O'zbekiston Yangiliklar

Futbol oldi-sottisi: Asl qiyofasi ko'rinayotgan O'zbekiston

SHu kunlarda Nigeriyaning "The Guardian" nashri xorijga, shu jumladan O'zbekistonga futbol o'ynash va o'zining yorqin kelajagini qurish uchun kelib, aldanib qolayotgan nigeriyaliklar haqida maqola elon qildi.

Ushbu maqolaning aynan bizning futbolimizga aloqador bo'lgan joylarini etiboringizga havola etamiz:

O'tgan yilning dekabr oylarida kamida ettita 16-19 yoshli nigeriyalik yoshlar o'zlarining yorqin orzulari ilinjida Nigeriyani tark etib, O'rta Osiyoga, yani O'zbekistonga yo'l olishadi. 

Bu yoshlar Nigeriyaning turli shaharlaridan yig'ilgan bo'lib, ularning barchasi nomalum futbol "agenti" qo'liga tushishadi. Yoshlarning barchasi juda katta umidlar bilan O'zbekistonga otlanishgan edi. Ammo, ular bu erga etib kelishlari bilan asl haqiqat bo'y ko'rsata boshladi. 

"Men bu erga kelish uchun viza, biletlar uchun 3900$, agent va boshqa harajatlar uchun umumiy hisobda 6000$ mablag' sarfladim, -deydi 16 yoshli Oneka Benson. - Bu agent men va oilamga O'zbekistonga borib ikkinchi divizion jamoasida o'ynashimni va u erda biroz pul ishlab olishimni tushintirdi. Agar o'zimni ko'rsatsam, keyin yuqori ligaga chiqishim haqida gapirdi. Ammo, biz 2020 yil dekabr oyida O'zbekistonga kelganimizda bu inson faqat U-14 jamoasini tashkil qilganini tushinib etdik."

Benson va boshqa o'yinchilarning ahvoli deyarli bir xil. Ularga vadalar bergan "agent" hech qachon bu yigitlarning o'yinini tomosha qilmagan yoki videosini ko'rmagan. 

FIFA reytingida 85 o'rindagi O'zbekiston ko'rinishidan futbolchilar uchun orzular mamlakati emasdek. Ammo, bu mamlakat hozirda turistik maqsadlarda keluvchi sayyohlar uchun doimo ochiq. Hujjatlar soz bo'lsa bas. 

Aldangan va hafsalasi pir bo'lgan yigitlardan biri vaqtini bekorga sarflab o'tirmasdan Nigeriyaga qaytib ketdi va u erda o'z ustida ishlashda davom etmoqda. 

"Bir yigit uyiga qaytib ketdi. U bu erda qolishdan mano yo'qligini tushindi va qaytishga qaror qildi. Bu yigit ketishidan oldin "agent" bilan yoqalashishgacha bordi", -deydi Benson.

Benson ham uyga ketishni reja qilmoqda. Uning aytishicha, viza muddati tugagach ular yo uyga qaytishi, yoki tekinga futbol o'ynashlari kerak. 

O'zbekistonda superliga dekabr oyidan buyon tanaffusda va bolalar uch oylik sayyohlik vizasini rasmiylashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Yani ularning vizalari fevral oyida tugaydi. Vaqt esa o'tib bormoqda.

"Men bu bolalarning bazilari bilan uchrashdim, ularning bazilari Toshkentga kelishdi. Ular menga bu erda futbol o'ynash uchun kelganligini aytishadi. Men qaysi klubda o'ynashlarini so'rasam, ular bu haqida nolib gapirishadi, -deydi Muborakning Mashal klubi futbolchisi Ifeani Ifeani. - Bu erda menga ular qanday omon qolishayotgani qiziq. Bu yigitlarning hammasida bir xil hikoya: Ularning pullari olib qo'yilgan va hech nimasiz O'zbekistonga tashlab ketilgan. Umid qilamanki, men  biror kun shu "agent" bilan uchrashaman va nima uchun bolalarni bu erga yolg'on vadalar bilan tashlab ketayotgani haqida so'rayman. Bu ishni boshida ikki inson turibdi. Ular Nigeriyaga kelishadi va o'yinchilarni O'zbekistonga olib ketishadi. Ular olib kelgan o'yinchilarni ko'rsangiz, ular futbol o'ynashga tayyor ham emasliklarini tushinishingiz mumkin". 

SHu orada qahramonimiz Benson ham Nigeriyaga qaytib, ustida ishlab, kelajakda yana nomalum "agent"lar qo'liga tushmaydi, deb umid qilamiz. Maqoladagi bazi ismlar shaxsiy xavfsizlik uchun o'zgartirib ko'rsatildi.

Ingliz tilidan Jalolxon tarjimasi 




Reklama




Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика