So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Futbol olamidagi egizaklar FOTO Yangiliklar

Futbol olamidagi egizaklar FOTO

Teglar :  Egizaklar
Aka-uka futbolchilar juda ko'plab topiladi, lekin egizak futbolchilar qo'l bilan sanarli darajada kam.

Quyida futbol olamidagi egizaklar bilan tanishtiramiz.


Ervin Klemers va Xelmut Klemers. GFR.

Tug'ilgan sanasi: 24 mart 1949 yil.

Qiziq fakt: 1974 yilgi Jahon chempionatiga Xelmut diskvalifikaciya qilingan ukasining o'rniga borgan. Germaniya chempionati doirasidagi o'yinlardan birida Ervin hakamni haqorat qilgani uchun Nemis futbol ittifoqi uni terma jamoadan chetlatgan. O'sha mundialda GFR chempionlikka erishgan...



Andreas Ravelli va Tomas Ravelli. SHveciya.

Tug'ilgan sanasi:
13 avgust 1959 yil.

Markaziy himoyada o'ynagan Andreas u qadar taniqli emas. Biroq u dunyoga mashhur akasidan bir yil oldin SHveciya terma jamoasida debyut qilgan.

Gilermo Barros Skelotto va Gustavo Barros Skelotto. Argentina.

Tug'ilgan sanasi: 4 may 1973 yil.

Qiziqarli fakt: futbolchilikni tugatgach Gilermo «Lanus» klubi bosh murabbiyiga aylandi. Gustavo esa klub texnik direktori lavozimini egalladi. Hissiyotlarga boy egizaklar «murabbiylar o'rnida» original ko'rinishardi.

Frank de Bur va Ronald de Bur. Gollandiya.

Tug'ilgan sanasi: 15 may 1970 yil.

Qiziqarli fakt: Gollandiyalik egizaklar birgalikda beshta klubda o'ynashgan: «Ayaks», «Barselona», «Reyndjers», «Al-Rayyan» va «Al-SHamal».


Fil Nevill va Treysi Nevill. Angliya.

Tug'ilgan sana: 21 yanvar 1977 yil.

Fil Nevillning Gari ismli akasi borligini barcha biladi. Biroq Treysi ismli egizagi borligini bilmasa kerak. Treysi ham sportchi bo'lgan, u netbol (basketbol turi) bo'yicha Angliya terma jamoasi safida o'ynagan.

Hamit Oltinto'p va Halil Oltinto'p. Turkiya.

Tug'ilgan sana: 8 dekabr 1982 yil.

Qiziq fakt: Gelzenkirxenda tug'ilgan aka-ukalar deyarli butun faoliyatini Bundesligda o'tkazishdi. Halil Turkiya chempionatida 28 yoshida, Hamit esa 29 yoshida debyut qilgan.

Filipp Degen va David Degen. SHveycariya.

Tug'ilgan sana: 15 fevral 1983 yil.

David bir necha yil oldin sog'ligi bilan bog'liq muammo tufayli futbolchilikni tugatdi, Filipp hozirgi kunga qadar «Bazel»da o'ynamoqda.

Vasiliy Berezuckiy va Aleksey Berezuckiy. Rossiya.

Tug'ilgan sana: 20 iyun 1982 yil.

Qiziq fakt: Aleksey uzoq vaqt akasidan ko'ra qobiliyatliroq va kuchliroq futbolchi deb hisoblangan. CSKAga Lesha Vasyadan yarim yil oldin kelgan. Rossiya terma jamoasida ham akasidan 4 oy oldin debyut qilgan.

Lars Bender va Sven Bender. Germaniya.

Tug'ilgan sanasi: 27 aprel 1989 yil.

Ular «Brannenburg», «Unterxaxing», «Myunxen 1860» yoshlar jamoalarida birga o'ynashgan. Kattalar orasida esa faqat Myunxens klubida birga faoliyat olib borishgan. 2009 yilda egizaklarning yo'llari ayro keldi: Sven Dortmundda «Borussiya» safida, Lars esa Leverkuzenda «Bayer» tarkibida to'p tepmoqda.

Kirill Kombarov va Dmitriy Kombarov. Rossiya.

Tug'ilgan sana: 22 yanvar1987 yil.

Bir biriga tomchi quyib qo'ygandek o'xshaydigan futbolchilar «Dinamo» safida o'ynashardi, 2010 yilda esa birgalikda «Spartak»ka o'tishdi.


Fabio da Silva va Rafael da Silva. Braziliya.

Tug'ilgan sana: 9 iyul 1990 yil.

Yaqin o'tmishda egizaklar birgalikda «Manchester Yunayted» klubida o'ynashardi. Ayni paytda Fabio «Kardiff Siti»da, Rafael esa Franciyada «Lion» sharafini himoya qilmoqda.



 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика