So’nggi yangiliklar

21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  1 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  0 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  1 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  25 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  19 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  14

Futbol muxlislar uchun Yangiliklar

Futbol muxlislar uchun

Teglar :  FutbolMuxlislar
Men hech qachon maqola yozmaganman va jurnalist emasman.
Meni o'quvchilar umuman bilishmaydi. Ammo sayt ochilganidan buyon o'quvchilar bilan birgaman.

2010 yil Nodirxo'ja Yuldashev bilan championat.uz (2010 yil sayt nomi shunday edi) saytni ishga tushirgandik. O'shanda bu shunchaki qiziqish va xobbi edi. Hozir esa bu hayotimiznig bir qismi.

Boshidanoq maqsadimiz O'zbekistonda birinchi raqamli sport sayti bo'lish edi.

Biznesda KPI (muhim effektiv ko'rstakchilar) degan tushuncha bor, bu tashkilotga qo'yilgan maqsadga etishish uchun kerak bo'ladi.

Biz uchun asosiy KPI sayt tashrifchilari soni. Ayni paytda bizni kuniga 100 ming odam o'qimoqda.

Maqsadga etishish uchun malum vazifalarni bajarish lozim.

Maqsadga etishishning ikki yo'li bor:
Birinchisi. Futbol saytining eng qiyin yo'li, bu har kungi ish va sifatli va qiziqarli materiallar orqali avtoritetga ega bo'lish.

Barcha futbol muxlislari futbol ko'rayotgan paytda bizning jamoa ishlaydi. Bu har kuni, bayramda ham, kunduzi ham tunda ham ishlash deganidir.

Bosimga dosh berish uchun kattagina g'ayrat kerak. Sababi barcha maqolalar ham futbol rahbariyatiga yoqavermaydi.

Yoki ikkinchisi u qadar qiyin bo'lmagan yo'li sayt uchun trafik sotib olish va rahbariyatga yoqadigan narsalar yozish. Ammo bu holatda kimni aldaymiz, o'zimizni.

Trafikni sotib olish mumkin, ammo puling tugaganda, trafik ham sayt ham tugaydi.

Ha biz TOP5 yoki TOP10 o'rin bilan maqtanamiz, ammo o'sha TOPning "narx"ini juda yaxshi bilamiz.

CHempionat.aziya birinchi yo'lni tanladi va hozir biz KPIga oid  vazifalarni bajarib maqsad sari odimlayapmiz. Hozirgi kunning o'zida bizni 100 ming odam o'qimoqda.

Biz buning uchun 6 yil davomida mehnat qildik. Bu loyihani uch nafar inson bilan boshlaganik, ayni paytda kattagina ahil ijodiy jamoaga egamiz.
Jamoadagi ko'plab jurnalistlar aynan shu loyihada katta bo'lishdi. Ular xato qilishdi va ulardan xulosa chiqarishdi. Loyiha ishga tushgan paytda katta maosh to'lay olmasdik va yoshlarni tarbiyalashga qaror qildik. Ammo yillar o'tgan sari o'z safimizga Kamollidin Alimov , Xayrulla Xoliqov va Diyor Imomxo'jaev kabi jurnalistlarni jalb qila oldik.

SHu o'rinda men futbol klubi bilan taqqoslashni istardim. To'g'ri futbol klubi yillar davomida shakllanadi. Poydevor qo'yiladi va yillar o'tgan sari klub o'z maqsadi sari boradi.

Muxlislar turdan turga stadionni to'ldira boshlashadi. Yildan yiga klub tarbiyalanuvchilari tajribaliroq bo'lib boraverishadi, keyinroq asosiy maqsad - medal yutish yoki kubokni qo'lga kiritish uchun legionerlarni jalb qilish mumkin bo'ladi.

Bu bilan nima demoqchiman:
O'zbek futbolida o'zgarishlar davri. Har bir klub o'z oldiga maqsad- KPI  qo'yishi kerak.

Futbol har holda muxlislar uchun. Ular chiptalar va va translyaciyalar uchun pul to'lashadi, hamda eng asosiy tanqidchilar. Har holda normal futbol mamlakatlarida shunday.

KPI stadionni 50%..60%..80% foizga to'ldirish bo'lishi mumkin, yoki TOP klublarga o'z futbolchilarni sotish.

Ammo men uchun eng asosiy (KPI) bu stadiondagi muxlislar soni. Bu sayt o'quvchilari kabi narsa.

Agar klub bo'sh tribunalar ostida o'ynayotgan ekan demak klubning MUAMMOLARI bor. Bu xuddi chempionat.aziya kuniga 50ta material chiqarsayu uni hech kim o'qimasligi va fikr qoldirmasligi bilan bir xil holat.

SHunday ekan har bir klub o'z yo'lini tanlaydi:
Birinchisi.
Qiyin va uzoq yillik, o'z akademiyasiga va asosiysi muxlislariga etibor qaratish, shunday maqsadga etishish yanada zavqli bo'ladi.
Ikkinisi internet biznesidagi kabi shunchaki trafik sotib olish (farqi yo'q har yili qimmat futbolchilar sotib olishmi yoki boshqa yo'llar bilan g'alaba qozonishmi) .

SHu o'rinda klub rahbarlariga murojaat qilmoqchiman.

Agar uydagi tomshabinlar soni 0 ga qarab ketayotgan bo'lsa, nimanidir o'zgartirish lozim. Har qanday biznes bunday KPI bilan bankrot bo'lar edi.

Sizda hozir maqsad hamda vazifalar qo'yish uchun vaqt bor.

Ishoning deyarl bo'sh tribunalar qarshisida nishonlangan masalan 3 yoki 5-chempionlik sizni ham, futbolchlarni ham baxtli qilmaydi.
Futbolda g'alabani minglab muxlislar bilan bo'lishish baribir boshqacha. Muxlisni musobaqa jadvalidagi o'rin bilan aldab bo'lmaydi, ular chipta sotib olish orqali sizning ishingizga baho berishadi. Bu borada o'ylab ko'ring. Bu maqolani o'qiyotganingizni bilaman. championat.asia loyihasi O'zbekiston futboliga yordam berishni istaymiz,  biz sizga dushman emasmiz.

SHu o'rinda quyi o'rinlarda borayotgan va o'zlarini hakamlar qurboniga aylandi deb hisoblayotgan klub muxlislariga murojaat qilmoqchiman.

Tribunadan haqoratli so'zlar baqirganda, o'rta barmoqni ko'rsatganda va idishlarni otganda, birinchi o'rinda madaniyatsizligingizni ko'rsatasiz va o'z futbolchlaringizga hurmatsizlik qilayotgan bo'lasiz.

Raqib jamoani yoki hakamni so'kishning o'rniga o'yindan so'ng o'z jamoaingizni QARSAKLAR bilan kuzatib qo'ying, yutqazishgan bo'lsa ham ularni qo'llab-quvvatlang.

Oxir-oqibat futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi.
Ishoning futbolchilarga bu holat yoqadi va keyingi bahsda sizlarni xursand qilish uchun bor kuchlaridan ham ko'proq kuch bilan o'ynashadi.

Xulosa o'rnida.
Keyingi turlarda men Farg'ona va Toshkentdagi stadionlar muxlislar bilan to'lishini istardim. "So'g'diyona" va "Buxoro" muxlislari o'z sevimlilarini qarsaklar bilan kuzatib qo'yishadi, "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan esa O'zbekistonning kelajak futboli bo'lgan shiddatli va halol o'yin bo'lishini kutamiz.

 Kuchli g'alaba qozonsin. Barchaga omad.

Sizning G.X

P.S
Oxirgi paytlardagi hakamlar va shubhali natijalar bu o'zbek futboli  tarixining natijasidir. Biz muxlislar bu yil anchagina afsus chekdik, o'zbek futbolida adolat yo'q deb o'ylayapmiz.

O'tmish soyasi hech kimga eski arazlarni unutishga imkon bermayapti va barcha faqat yomon tomonlarni ko'rayapti.

Ammo kelinglar obektiv bo'laylik va rahbarlarga futbolimizni o'zgartirishlariga imkon beraylik. Tezda natija talab qilmaylik, eng asosiysi yangi rahbariyat o'z oldiga qo'ygan maqsadlar hisoblanadi.   

Futbol rahbarlariga esa qaror qabul qilishda sabr va donolik tilab qolaman.  Donolik afsuski yillar o'tib paydo bo'ladi, yoningizda futbol faxriylari bor, ulardan maslaxat olib ish tutish kerak.

Maqolaning rus tilidagi >>>varianti<<<

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика