"Futbol jozibasini yo'qotib boryapti"
08 iyu 2024 14:41
Yangiliklar
"Futbol jozibasini yo'qotib boryapti"
Quyida tajribali mutaxassisning nutqini etiboringizga havola etamiz.
"Futbolni ko'rayotgan odamlar soni tobora ortib bormoqda, lekin u jozibasini yo'qotib boryapti. O'yinni dunyodagi birinchi raqamli sportga aylantirgan narsa endi ustuvor emas. Agar siz odamlarga jozibali tomoshani taqdim qilmasangiz, futbolning ommalashuvi faqat biznesga foyda keltiradi. CHunki biznes uchun ko'rishlar soni kerak.
Muammo shundaki, bir necha yillardan so'ng etiborga loyiq futbolchilar kamayib boraveradi, o'yinlar esa chiroyini yo'qotib boradi. O'shanda mashhurlikning suniy portlashi tugaydi.
Futbol – 5 daqiqalik xaylayt emas. Bu – katta narsa. Bu – madaniyatning bir qismi, bu identifikaciya qilish usuli. Bazi urugvayliklar terma jamoa o'yinlarining faqat eng qiziq joylarini (haylaytlarni – tahr.) tomosha qilayotgan bo'lishsa, hayron bo'lmayman. Biroq bu xaylaytlar bir vaqtlar butun dunyo oshiq bo'lgan o'yinning mohiyati bilan umumiylikka ega emas.
O'ylaymanki, bizga taklif etilayotgan scenariyga etibor bermaslik kerak – tortishuvlar, ayblovlar, kim aybdorligini aniqlash istagi futbol muhitini buzadi", – deya qayg'urib gapirdi Belsa.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar