So’nggi yangiliklar

08:07Самвел Бабаян Остон Ўрунов ҳақидаги саволга жавоб берди  0 07:40Суперлига. Бугун яна 3 та баҳс бўлиб ўтади  1 07:15Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:2  1 07:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" — "Барселона" 1:1  20 03:00ЕЧЛ. "Атлетико" "Тоттенхэм"ни, "Бавария" "Аталанта"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ҳолда кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилишди  40 02:50ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади  137 02:04Отабек Нарзуллаев: "Суперлига тезлигига тезроқ кўникишимиз керак"  0 01:32Акмал Рустамов: "Бешинчи ўриндан ҳам юқорида бўлмоқчимиз"  1 00:48БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ажман"ни мағлуб этиб, муҳим очколарни қўлга киритди  0 00:44Камолиддин Тожиев: "Йигитларни танимадим. Нима бўлганини билмайман..."  17 00:39ЕЧЛ. Дастлабки баҳсда "Галатасарой" ўз уйида "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 00:34Тимур Кападзе: "Пахтакор"ни ютиш ёқимли. Футболни қуришдан кўра, уни бузиш осонроқ"  13 00:21Исломбек Исмоилов: "Ҳар тур нохуш анъанага чек қўйяпмиз"  7 23:45Суперлига. "Машъал" – "Қизилқум" 0:2  0 23:31Дориев Шимолий Македония миллий терма жамоасидан чақирув олди  6

Futbol haqidagi qiziqarli filmlar Yangiliklar

Futbol haqidagi qiziqarli filmlar

Futbol haqida ishlangan 10 ta qiziqarli film bilan tanishtirib o'tamiz.

"Jangari futbol"

Janri: Komediya, jangari.

Mamlakat: Xitoy

Xitoylik ijodkorlar tomonidan ishlangan ushbu filmda kung-fu ustasi bo'lgan Sin ismli yigit futbol bilan shug'ullanadi.



"Bekxem kabi o'yna"

Janri: komediya

Mamlakat: Britaniya, Germaniya

Ushbu kino Londonda yashovchi hind qizi Jess haqida. Uning futbol bilan shug'ullanishiga oilasidagilar qarshilik qiladilar. Ammo, Bekxemning muxlisasi bo'lgan Jess o'ydagilardan yashirin ravishda professional futbol klubida shug'ullanishni boshlaydi.



"Orzular Ligasi"

Janr: drama

Mamlakat: Franciya

Ushbu film butunjahon futbol uyushmasi (FIFA)ning tashkil topishi haqida bo'lib, unda FIFAning hozirgi prezidenti Zepp Blatter ham ishtirok etgan.



"Kostolom"

Janr: drama, komediya

Mamlakat: Britaniya, AQSH.

Policiyachini do'pposlagani uchun hibsga olingan sobiq futbolchi Denni qamoqxonada ham o'zining futbol jamoasini tuzadi.



"Faqat g'alaba"

Janr: komediya

Mamlakat: O'zbekiston

O'zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan ushbu filmda futbolchilarimizning 1994 yilda Xirosimadagi Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki haqida so'z boradi.



"Gol 1!"

Janr: drama, melodrama

Mamlakat: AQSH, Britaniya

Filmdagi voqealar futbolchi bo'lishni orzu qiladigan amerikalik Santyago Munez "Nyukasl" jamoasiga qo'shilishi haqida bo'ladi.



"Birinchi qaldirg'och"

Janri: komediya

Mamlakat: Gruziya

Futbolga qiziqadigan qishloq aholisi doimo jamoa tuzib bir-birlariga qarshi o'ynaydilar. Jamoa azolari ham malum: Bo'ydoqlarga qarshi o'ylanganlar jamoasi.



"Match"

Janri: tarixiy drama

Mamlakat: Rossiya

Mamlakat terma jamoasi va "Dinamo" darvozaboni Nikolay Ranevich urush vaqtida asirga tushib qoladi. Ushbu filmda nemislar hamda urushda asir tushib qolganlar o'rtasida futbol o'yini bo'ladi.



"Gol 2!"

Janri: drama

Mamlakat: Britaniya

"Gol"ning ikkinchi qismida Santyago Munez "Real" safida to'p tepadi. Ushbu filmda shuningdek, Zidan, Bekxem, Ronaldo kabi futbol yulduzlari ham ishtirok etganlar.



"Uchrashuv"

Janr: Komediya

Mamlakat: O'zbekiston

Nihoyat ushbu fotomaqolani yaratilishiga turtki bo'lgan film. Ergash Karimov ijrosidagi "Uchrashuv" ("Toshoyna") filmni tasvirlab berish shart bo'lmasa kerak. Ushbu komediyada o'zbek futbolining ashaddiy futbol muxlisi timsolini ko'rishimiz mumkin.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика