


Bilasizmi? JCH-2014 vaqtida dunyo bo'ylab 167 nafar odam Luis Suaresning kimnidir tishlab olishiga 175 nisbatda pul tikkan ekan

Yozuvchi Artur Konan Doyl o'z vaqtida "Portsmut" darvozaboni bo'lgan

"Manchester Yunayted" APLdagi o'yinlarda birinchi bo'limdan so'ng hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsa, o'sha o'yinda xech qachon yutqazmagan

"Stemford Brij"ni o'z vaqtida "Fulxem"ga taklif qilishgan. Lekin, jamoa o'shanda stadionni olishni istamagan. Yakunda esa 1905 yildan so'ng stadionda "Chelsi" o'ynay boshlagan

Mario Balotelli APLda o'tkazgan to'rt yili davomida faqatgina ikki marotaba golli pas bera olgan

Ronaldinyo ilk marotaba 13 yoshida OAV e'tiboriga tushgan. O'shanda u bitta o'yinda 23ta gol kiritgandi

Boshida "Liverpul"ning nomi "Everton Atletik" bo'lgan, keyin esa bitta shaharga ikkita "Everton" bo'lishini istashmagan

APL tashkil topganidan beri xech qaysi ingliz murabbiyi mazkur turnirda chempion bo'lmagan

Boyan Krkich "Barselona" o'smirlar va yoshlar jamoasi safida 7 mavsum ichida 900 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan ekan

Aleks Songning 17 nafar opa-singlisi, 10 nafar aka-ukalari bor

BONUS: Rejissiyor, aktyor, O'zbekiston xalq artisti Yodgor Sadiev ham o'z vaqtida "Paxtakor" darvozaboni bo'lgan
Horij matbuoti materiallari asosida tayyorlandi



