So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  27

Futbol hakami chetlashtirildi? Men 10 yil oldin ham shunaqasini ko'rgandim... Yangiliklar

Futbol hakami chetlashtirildi? Men 10 yil oldin ham shunaqasini ko'rgandim...

O'FF prezidentining tashabbusi bilan “Buxoro” - “Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodov futboldan chetlatildi. Demak, eng shimarib ishga kirishilgan, shundaymi?

Biroz shoshilmay turishni maslahat bergan bo'lardim. CHunki bu holat menga 10 yillar avvalgi jarayonlarni eslatib yubordi. Adashmasam, 2007 yillar edi. O'FF prezidenti bir qator futbol hakamlari va nazoratchilarini futboldan umrbod chetlatdi, yodingizdami? Men ularni nomma-nom sanab o'tishni lozim topmadim, chunki bu asosiysi emas (eshitmaganlar bo'lsa, gazetalar arxividan topishlari mumkin). O'sha vaqtda millionlab futbol muxlislari adolat mezonlari sari qadam tashlanildi, deb hisobladi, quvondi. Ichki chempionat o'yinlari tozalik sar qadam tashlagandek bo'ldi.

Aniq yili esimda yo'q, haydalganlarning faqatgina 1 donasini inobatga olmasa, qolgan barchasi afv etildi. Yani, futboldan umrbod chetlatilganlar, umrining yana bir necha yilini yashab, kulimsirab futbolga qayta kirib keldi. Men nima demoqchi bo'layotganimni tushundingiz-a?

Ochiq aytaman, yangi rahbariyatdan hech narsa kutayotganim yo'q, kimdandir nimadir kutmay yashashdan ham yaxshiroq va zavqliroq hayot yo'q menga. Men tashkilotga taklif berishim, uni tanqid qilishim, yutuqlari haqida yozishim, kamchiliklarini o'z qarichim bilan ko'rsatishim mumkin, xolos. Ishlariga esa albatta omad tilayman. Biz hozirgacha talab qilib kelgan narsalarga umumiy javobni kecha o'qidim, kayfiyatim ko'tarildi. Korrupciyaga qarshi kurash, shaffoflik, bolalar futbolidagi muammolar, terma jamoaga yangicha yondoshuv, elektron chiptalar - ajoyib hammasi, bo'lar ekan-u deb yubordim.

Ammo yana istardimki, har qanday ish asosli va chiroyli bo'lsin. “Buxoro” - “Dinamo” o'yini hakami aynan nimalar asosida chetlatilgani men uchun qiziq. “Buxoro” g'alabasiga qarshi ish qilgani haqida o'qidim. Agar antiqahramon bir jamoaga yon bosishda undan moddiy nimadir olgan bo'lsa (aniqlashgan bo'lsa), demak u haqli ravishda chetlatilgan, O'FFga olqishlarim. Va yana qo'shimcha qilamanki, bergan tomon jazolangani haqida ham albatta o'qishimiz kerak, qars ikki qo'ldan chiqadi.

Nega bunday deyapman? Hakamlarda xatolar uchrab turadi. To'liq 90 daqiqa davomida yuzlab xatolar qiladigan hakamlar bor. Bahraynga, Saudiyaga qarshi uchrashuvlarda nimalarni ko'rmadik yaqin tarixda, yutuqlarimiz-da bir pul bo'lib ketgandi o'shanda. Ammo o'sha hakamlar butun umrga chetlatilmagan. Balki qayta malaka oshirishga tushirilgan, xalqaro o'yinlardan tanaffus qilgandir, bilmayman. Bizda ham shunday bo'lsa, Bobomurodovga moddiy jarima, bir necha yil Oliy Liga o'yinlarini bermaslik jazosini ham berish mumkin edi, to'g'rimi? Umuman chetlatib yuborish esa bu dahshatli ish - buning uchun kattagina asos bo'lishi kerak, bu haqda yuqorida yozdim. Pul olgan, spritli ichimlik ichib boshqargan va hokazo deb yozilishi kerak. CHunki shuncha vaqtdan buyon o'yin boshqarib kelayotgan hakam bitta buyruq bilan butkul saviyasiz bo'lib qolmasa kerak. 


Va albatta umid qilamanki, qarorlar qatiy bo'ladi. Zero jazo muqarrar bo'lsa, bu qolgan hakamlarga ham saboqdir. Avvalgilarga o'xshab, umrbod chetlashgani 2-3 yilda qaytib kelaversa, nimadir o'zgaradi, deb o'ylamayman. Har qanday qaror populistik ruhdan yiroqda bo'lishi, puxta o'rganibgina amalga tadbiq qilinishi chiroyli ish. Hatto o'sha 4 yillik ish rejasini tuzib chiqayotganda ham demoqchiman.

Men halol kurashlarga boy futbol ko'rishni hamma qatori istayman. Nohalol yo'l bilan pul topadigan hakamlardan ham, umuman shunday odamlardan ham nafratlanaman. Men uchun Bobomurodov ham, uni chetlashtirganlar ham hech kim. Istayotganim esa tarixda o'tgan xatolarimizni takrorlamaslik. “Moziyga qarab ish ko'rmak xayrlidur” deganida Qodiriy xatolardan xulosa chiqarishni nazarda tutgan bo'lsa ajab emas.

P.S. Hakamlarni bu kabi jazorash birlamchi narsa. Biz vaqti kelib televidenieni rivojlantirishga erishishimiz kerak. Doim aytganman va yana takrorlayman, u rivojlanmagunicha, futbol rivojlanmaydi.

Biz “Bunyodkor” yoki “Paxtakor” ishtirokidagi o'yinlarni 8 ta kamerada ko'rganimiz kabi, viloyatlardagi futbol uchrashuvlarini ham shunday sifatli tomosha qilibgina, asl haqiqat, kim aslida kim ekanini bilib olishimiz mumkin. Hozir esa buxorolik muxlislar ko'rdi Bobomurodovning qiliqlarini, O'FFdagilar ko'rdi. Asosiy omma esa gap nimada ekanini ham tushuna olmay qoldi. O'sha hakam Toshkentdagi o'yinda xurmacha qiliqlarini qila olmaydi, chunki biladi qarshisida 8 ta kamera turganini, Buxoro yoki Surxonga borib esa istaganini qilishi mumkin. O'sha shaffoflik ko'z ko'rib turadigan joyda osonroq kechadi, jamoatchilik fikri shakllanishida rol o'ynaydi. Ko'rilmagan futbol qorong'u ko'chadagi jinoyat kabidir, unda aybdorlarni topish qiyin. Ko'chani yoritib qo'yish muammo uchun birinchi echim, unga kamera qo'yish, ikkinchi yaxshi qadamdir.  


Muallif :
Reyting: +76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика