So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

“Futbol amazonkasi” yoxud klublarni boshqargan ayollar Yangiliklar

“Futbol amazonkasi” yoxud klublarni boshqargan ayollar

Kuni-kecha, britaniyalik Amanda Steyvli “Nyukasl” klubini 300 million funt evaziga sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Steyvli boshqarayotgan PCP Capital Partners investicion kompaniyasi premer-liga klubini sotib olishga yaqin turibdi. Yaqin orada rasmiy taklif yuboriladi. 44 yoshli Steyvli klub vakillari bilan APL 7-turida “Liverpul” bilan o'yin (1:1) vaqtida ko'rishgandi. U rojdestvo bayramiga qadar klubni sotib olib yanvar oyida transferlar uchun pul ajratishga tayyor. Steyvli 22 yoshida hech qanday malumotsiz restoran biznesini boshlagandi. Ayni paytda esa arab milliarderlari bilan yaqin hamkorlik qiluvchi kompaniyani boshqarmoqda.

Bugungi mavzumiz orqali futbol klublariga rahbarlik qilayotgan, shuningdek erkaklar futbolida o'chmas iz qoldirgan ayollar haqida malumot beramiz.

Margarita Lui-Dreyfus (“Marsel”)
Sankt-Peterburgda tavallud topgan Margarita Bogdanovani dunyodagi eng boy rus ayoli deb atashadi. U 1989 yil francuz milliarderi Robert Lui-Dreyfus bilan tanishgan. 2009 yil erining vafotidan keyin, barcha boyliklarni meros qilib oldi va 90-yillar oxirida Robert sotib olgan “Marsel Olimpik” nazoratini o'z qo'liga oldi. Lui-Dreyfusning o'limidan bir yil o'tgach, 17-yillik sovrinlarsiz o'tgan muddatdan so'ng, ham Kubokni, ham Franciya chempionligini nishonladi. Margarita 7 yil eri Lui-Dreyfus bilan “Marsel”ga birgalikda rahbarlik qildi. Klubni sotish taklifini rad etdi, lekin bir yil avval shunday qarorga keldi: “milliy jamoa” amerikalik Frenk Makkortga 45 millon evro evaziga sotib yuborildi. Ammo Margarita akciyaning 5%ini o'zida qoldirdi va hanuzgacha unga egalik qilib kelmoqda.



Rozella Sensi (“Roma”)
2008 yilda “Roma” klubini boshqargan Franko Sensi vafot etganidan so'ng, uning bor mol-mulki qizi Rozellaga meros bo'lib qoldi. Luchano Spalletti “Roma”ga kelgandan keyin, “bo'rilar” CHempionlar Ligasi pley-offda ishtirok etdi va A Seriyada 2-o'rinni egalladi. Rozella Sensi professionallar ishiga “burnini suqmadi” va bu bilan ular orasida hurmatga sazovor bo'ldi. 2011 yil klubga amerikalik akciyadorlar kelganidan so'ng, prezidentlik lavozimidan istefoga chiqdi.



Flora Viola (“Roma”)
Rozella Sensi “Roma”ning yagona merosxo'ri emas. Donna Viola 12 yil davomida “Roma”ga rahbarlik qilgan erining vafotidan keyin, qizi bilan birgalikda klub nazoratini o'z qo'liga oldi. Flora oz vaqt prezident bo'lishiga qaramay, bu fursat ichida klub Italiya Kubogida zafar quchdi va UEFA final Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. 2008 yil Donna Viola motam marosimiga Rimning deyarli yarmi tashrif buyurdi.


Tereza Rivero (“Rayo Valekano”)
Bu ajoyib hikoya. Tereza Rivero zodagon oiladan bo'lib, 13 farzandning onasi. 1994 yil “Rayo Valekano” klubining akciyadori bo'lgan eri uni prezident bo'lishga ko'ndirdi. Tereza futbolni unchalik tushunmasa-da, klubda shunchalik qattiq tartib o'rnata oldiki, natijada qo'l ostidagi “arilar” o'sha davrda eng zo'r damlarni boshidan o'tkazdi. 10 yillik rahbarlikdan so'ng, 69 yoshida nafaqaga chiqdi. “Rayo” muxlislari uy stadioniga “Tereza Rivero” nomini berish taklifi bilan chiqdi va bunga erishdi.



Olga Smorodskaya (“Lokomotiv”)
2010 yil Olga Yurevna “Lokomotiv” klubiga rahbar bo'ldi va jamoani 6 yil davomida iloji boricha yuqori cho'qqida saqlab turdi. Smorodskaya temiryo'lchilar bilan janjallashib qoldi va keskin bayonot berdi. Masalan, muxlislar orasida unchalik mashxur bo'lmagan “o'n yillik yo'qotish” haqida. U buni “yumshoq” tilda aytgan edi. CHunki bu vaqtda “Loko” uy o'yinidan so'ng, uning nomiga haqoratli gaplar va hattoki, “uni klubdan haydash kerak” degan murojaatlar kelib tushayotgandi. Ammo, shu qatorda erishgan yutuqlarini ham aytib o'tish joiz: Olga rahbarligida “Lokomotiv” Rossiya Kubogini yutishga muvaffaq bo'ldi. Bir yil avval Olga Yurevna kursisini Ilya Gerkusga bo'shatib berdi.



Ana Urkixo (“Atletik Bilbao”)
Huquqshunos Urkixo “Atletik” vice-prezidenti lavozimida ishlagan. Avvaliga, Ana Urkixo klubni faqat huquqiy va iqtisodiy tomondan nazorat qilardi. Biroq, 2006 yil amaldagi prezident istefoga chiqishi Ana basklar klubining “yuzi”ga aylanishi uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi va u bundan samarali foydalana oldi. Urkixo qator muvafaqqiyatlarga erisha olmagan bo'lsa-da, o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turardi. Prezident lavozimida deyarli bir yil faoliyat yuritdi, ammo sog'lig'i yomonlashgani sabab istefoga chiqishga majbur bo'ldi. 


Gizela Ori (“Bazel”)
Fizioterapevt va farmacevtika kompaniyasi rahbarining turmush o'rtog'i 2006 yil futbol sohasiga kirib keldi. Bunga qadar, u klub kuzatuv kengashining azosi bo'lgan. Gizela homiylar etiborini o'ziga qarata oldi va besh yillik reja asosida ish tutdi. Bu orada “Bazel” klubi uch marotaba SHveycariya chempioni bo'ldi va “Manchester Yunayted”ni CHempionlar Ligasidan chiqarib yubordi. Ori o'z xohishi bilan istefoga chiqqanidan so'ng, jamoa CHL pley-offda “Bavariya”ni 0:7 hisob bilan mag'lub etdi. 


Patrisiya Amorim (“Flamengo”)
Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi bo'lgan suzuvchi sport sohasidagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng, menedjerlik yo'lini tanladi. “Flamengo” klub tizimida turli  yo'nalishlarda faoliyat olib bordi. 2009 yil dekabr oyida esa klub prezidenti etib tayinlandi. Uning sharofati bilan Ronaldino va Vagner Lav klubga keldi va ular shtat chempionligida g'alaba qozondi. Biroq, “qora buxgalteriya” sabab mojaro yuzaga keldi va Amorim o'z joyini bo'shatib qo'yishga majbur bo'ldi.



Svetlana Pronina (“Tosno”)
Yaqin kungacha “Valensiya” ayol-prezident tomonidan boshqarilar edi. Italiya futbolida esa ayol kishi klubda hukmron bo'lishi anchadan buyon yangilik emas. Ayol kishi klub prezidenti bo'lgan holat kerak bo'lsa, uzoqqa borib yurish ham shart emas. Svetlana Pronina boshchiligidagi “Tosno” klubi. Svetlana rahbarligi davrida klub Leningrad viloyatidan Rossiya futbolining elitasigacha ko'tarildi va Premer Ligada o'z o'rnini topa oldi.



Saxar Abdul Xaka (“Al-Nasr”, Misr)
Ko'plab Arab davlatlarida ayollar hatto, tribunaga chiqishi taqiqlangan, bu erda esa Saxar - butun boshli prezident! Avvaliga, u akasining o'rinbosari bo'ldi. Biroz vaqtdan keyin, saylovda 5ta erkakdan o'zib ketib, g'alaba qozondi. Tabiiyki, muxlislar bunga qarshi chiqdi. Ammo nima ham derdik?! Bu - demokratiya!


Xorijiy saytlardan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика