So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Furqat Yusupovni yod olib Yangiliklar

Furqat Yusupovni yod olib

Teglar :  Furqat Yusupov
Haqiqiy inson degan tushunchaga birovni xoxlasa ham dilini og'rita olmaydigan odamlar eng munosib nomzod bo'lsa kerak.

SHunday o'limlar bor-ki, ko'pchilik umrlardan ustun
Roman Roland


Haqiqiy inson avvalam bor fazilatlari va sof ko'ngli bilan ezozlanadi. Bunday toifa odamlarga qaraganingizda hurmat va havas tuyg'usini his qilasiz. Boshqa mezonlar ham borki, haqiqiy inson atamasini yanayam betakror va husnkor ko'rsatadi; yaxshi farzand bo'la olish, tug'ishganlarga suyanchiq bo'lish, sodiq do'st, fidoiy va masuliyatli shaxs bo'lish.

Inson birovni biror sabab bilan sevishi yoki aksincha yoqtirolmasligi mumkin. Lekin hayotimizda shunday insonlar borki, ularni yomon ko'rish uchun sabab topilmaydi. Har kim uni sevish uchun sanoqsiz sabablar keltirishi mumkin, lekin hech unday insonlar haqida nomaqbul fikr aytishga til bormaydi.

Furqat Yusupov samimiyligi, ochiqko'ngilligi uchun har doim ardoqlanardi. Yuzi kulib turgan inson edi. Har qanday inson uning ko'zlaridan beg'uborlikni ko'rardi. Qachondir Furqat Yusupov qo'ying hafa qilishni, na qattiq gapirganini va na keskin ohangda birovga murojat qilganini na ko'rdim, na eshitdim. Insoniy fazilatlarning aksari aynan shu bitta insonda mujassam edi. Kasbi va oilaviy hayotida chiroyli muvozanat o'rnata olgan kamdan kam isnonlardan birisi edi. Juda ko'p narsalarga ulgurardi. Har doim hayron qolardim va hayratlanardim. Keyin bilsam inson hammasiga ulgurishi uchun katta kuchmas, katta yurak kerak ekan! SHu mo'jazgina gavdasiga insonlarga namuna bo'la oladigan yurakni sig'dira olgan edi.

O'tkir Hoshimovning "dili bilan tili har doim bir ko'chadan yuradigan isnonga oson tutmang" degan jumlalarini o'qiganimda ko'z oldimga birinchi bo'lib Furqat Yusupov kelardi. Bilmadim balki bu ham bir fazilatdir, lekin Furqat hammaga birdek ishonardi, uning "kamchiligi" Furqatni hafa qilish qiyin emasdi. Hech kimni begonasiramagan.

Qayerda yashashni xoxlaysan deb savol berganimda "odamlar orasida" deb javob qilgandi. Sen har doim odamlar orasida yashaysan. Har doim yuragimizda, hayollarimizda va duolarimizdasan. Joying jannatdan bo'lsin!!!

Bugun 11 dekabr rahmatli Furqat Yusupovning tavallud kuni. Agar hayot bo'lganida 26 yoshni qarshilagan bo'lardi.

Furqat Yusupovning oila azolariga, do'stlariga, yaqinlariga va hamkasblariga chin dildan hamdardlik bildiramiz!

Unla har suhbat bir baxtdi
U juda samimiy va marddi
Sanolmadim fazilatlarini
Lek unga aytishim shartdi
Afsus u kunlarga qaytolmayman
Sog'inganlarimizni aytolmayman

Adambaev Temur


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика