Furqat Esonboev: “Tanaffusda tarkibda o'zgarishlar qilamiz”
30 iyu 2014 15:07
Yangiliklar
Furqat Esonboev: “Tanaffusda tarkibda o'zgarishlar qilamiz”
Yaqinda birinchi liga ishtirokchisi “Oq-tepa”ni qabul qilib olgan Furqat Esonboev kecha Qo'qonda ilk rasmiy o'yinini o'tkazdi.
“SHarq” mintaqasining 14-turidan o'rin olgan uchrashuvida toshkentliklar yomon o'yin ko'rsatmadi. Esonboev jamoasi birinchi bo'lib hisobni ochishga ham erishgandi.
Biroq keyinchalik mezbonlar iroda ko'rsatib, g'alabani o'z tomonlariga og'darib olishdi. Uchrashuvdan so'ng “Oq-tepa” bosh murabbiyi Furqat Esonboevni suhbatga tortdik.
- Bilishimcha “Qo'qon-1912” ham oliy ligaga chiqishni maqsad qilayotgan ekan. Avvalo bugungi g'alaba bilan Rustam Abdullaev va barcha Qo'qon axlini g'alaba bilan muborakbod etaman – deya gap boshladi Furqat Erkinovich.
- Futbolda bir gap borku: “yutsa futbolchilarga rahmat, aksincha bo'lsa murabbiy yaxshimas ekan” qabilida gaplar bo'ladi. 2:1 natijasi menimcha o'yinga mos bo'lmadi. Bugun durang qayd etilsa to'g'ri bo'lardik. Lekin hakamlarning antiqarorlari ziyonimizga ishladi. Ularga bugun bizda etiroz juda ko'p. Hakamlarimiz yanada o'rganishi kerak. Bilmaganlarini maxsus o'qishlarga yuborib, malakasini oshirmoq lozim. Ayniqsa yon chiziq hakamlari mutloq o'z ishini bilishmadi. Xususan darvozamizga kiritilgan ikkinchi gol o'yindan tashqari xolatdan keyin sodir bo'ldi. Bu vaziyatda gol urgan futbolchi emas, balki to'pni uzatgan o'yinchi 1,5 metr o'yindan tashqari xolatda qolib ketgandi. O'sha xolatda bosh hakam ham qanot laynsmeni ham turgandi. Lekin... Keyin bitta futbolchi sariq kartochka olib oradan hech qancha o'tmay yana qo'li bilan urmoqda. Biroq hakam yana jim. Endi o'zingiz o'ylab ko'ring, biz futbolni rivojlantirish uchun bolalarni to'g'ri tarbiya qilishimiz kerakmi yoki tirikchilik qilib yuraverishimiz lozimmi?! Fikrimcha bunday ishlarga chek qo'yishimiz joiz. Aks xolda o'zimizning yoqqa o'zimiz qovurilib yuraveramiz. Avvalo ishni o'zimizdan talab qilishimiz darkor.
- Raqib jamoa o'yiniga qanday baho berasiz?
- Qo'qonlik yigitlar bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. Ayniqsa birinchi bo'lim boshida ular bizni shoshiltirib qo'ydi. Lekin keyinchalik o'yin maromiga tushib, biz ham o'zimizni qo'la ola bildik. O'zingiz ham etibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi bo'limda faollikni yanada oshirdik. Biroq hakamlarning ayrim hatolari evaziga biz bugun mag'lub bo'lib qaytmoqdamiz.
- 1:0 hisobida g'alaba qozona turib, keyinchalik uni qo'ldan chiqarib yuborishinglarga nima sabab bo'ldi?
- O'yinchilarga yaqinroq xolda harakat qilishimiz kerak edi. Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoada ish boshlaganimga ko'p vaqt bo'lmadi. Ikkita mashg'ulot o'tkazdim. Hozircha kimning qanday imkoniyatga ega ekanligini bilmayman. Qolaersa jarohat va diskvalifikaciya sabab ayrim etakchi o'yinchilarimizning xizmatidan foydalana olmadik.
- Malumotlarga ko'ra hozirda “Oq-tepa”ning ayrim futbolchilariga oliy ligadan takliflar bo'layotgan ekan...
- Ha, inkor etmayman bu haqda men ham eshitdim. Agar shunday bo'lsa, biz ham yo'qotishlar o'rnini to'ldirish uchun boshqa futbolchilarni taklif etamiz. Istedodlarni qidiramiz. Bir so'z bilan aytganda ishlashda davom etamiz. Aytishadiku maqsadsiz o'sishga erishib bo'lmaydi deb.
- Bugun “Oq-tepa”da rasman birinchi o'yiningizni o'tkazdingiz. Bu jamoaning kelajagi haqida nima deysiz?
- Tarkib jihatdan olib aytadigan bo'lsak, yil boshida mahoratli futbolchilar ko'p edi. Lekin oldingi bosh murabbiy Aleksandr Mochinov esa tarkibda katta o'zgarishlarni amalga oshirgan. SHaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, bundan qoniqish xosil qilmadim. Nazrimda oldingi yigitlar yaxshi edi. Biz ham endi qandaydir o'zgartirish kiritib, yangilik qilishga urinamiz. CHunki yuqorida aytib o'tganimdek, hozir ayrim o'yinchilarimiz oliy liga klublariga yo'l olish arafasida. Ularni o'rnini o'z qarashlarimiz mos kelganlar bilan to'ldirib boramiz. Yoshlarni ham tajribali o'yinchilarni ham.
- Mavsum avvalida “Oq-tepa”ni oldiga bu yil kuchlilar safiga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Ammo keyinchalik Mochinov jamoa bilan xayrlashganidan so'ng, ko'pchilik elitaga chiqish vazifasi olib tashlandi degan fikrlarni ham ilgari surmoqda. Jamoani qabul qilib olayotgan chog'ingizda, rahbariyat bilan bu borada gaplashib oldingizmi?
- Menimcha buni ommaga aytishni xojati yo'q. Negaki bu klubni ichki siri bo'ladi. Lekin vazifa qo'yilgan. Albatta uni bajarish uchun astoydil kurashamiz. Oliy ligaga chiqishni istaymiz. Hali hech narsa yo'qotilmadi. Oxirigacha kurashamiz.
- Adashmasak oxirgi marta 2008 yili “So'g'diyona”dan ketganingizdan buyon sizni boshqa hech bir klubda uchratmadik. Bu vaqt oralig'ida asosan dam oldingizmi?
- Yo'q, oxirgi yillarda birinchi liganing “G'arb” mintaqasi vakili “G'allakor-Avtomobilchi”ga norasmiy bo'lsada, yordam berib kelayotgandim. Asosan Toshkentdagi ishlar va futbolchilarni yig'ish borasida ko'maklashib turdim.
- Bosh murabbiy sifatida ishlashni sog'inib qolgan bo'lsangiz kerak?
- Buni sizga hozir oddiy so'zlar bilan tushuntirib berishim qiyin. Futbolchi jamoasiz qolsa, o'yin amaliyotini yo'qotib qo'yishi hech gap emas. Murabbiy ham shunday. Faoliyatim mobaynida birinchi va oliy ligada ishladim. To'xtab qolmaslik uchun o'qib izlanamiz. Ishsiz yurgan paytlarimda avvalgi faoliyatimni tahlil qildim. Xatolardan kerakli xulosalar chiqarib oldim. 2008 yili “So'g'diyona”dan ketganimdan keyin kichik infarkt kasaliga duchor bo'lgandim. SHundan so'ng shifokorlar menga asabiylashish mumkin emasligini, buning uchun dam olishim kerakligini aytdi. SHu sababli 2 yil vaqt davomida ishsiz yurdim deb o'ylayman. Undan oldingi 3 yil davolanishga ketdi. Bu paytda ishlashga urinmadim. CHunki inson uchun birinchi navbatda sog'lik turadi. Albatta murabbiylik kasbini sog'inganman. Sababi futbol badanimizga qon bilan kirib, jon bilan chiqib ketgan desam ham bo'laveradi. Ilgari to'p tepgan bo'lsak, bugungi kunda yana futbolda ishlamoqdamiz. Faqat hozir murabbiy bo'lib. Boshqacha aytganda hayotimiz futbol bilan chambarchas bog'liq bo'lib qolgan. Afsuski futbol o'ynab yurgan paytimizda bilmagan ekanmizki, futbolchilikdan ko'ra murabbiylik og'ir kasb ekanligini. CHunki murabbiyning qismati shundayki, yutsa jamoa yugan bo'ladi, aks xolda hamma ayb bosh murabbiyga to'nkaladi.
- Yaqinda sizni oliy liga ishtirokchisi “So'g'diyona”ga bosh murabbiy bo'lishingiz xususida malumot tarqalgandi. Bu qanchalik haqiqat?
- Rasmiy taklif bo'lmagandi. SHunchaki og'zaki gaplar.
- Unday aytingchi oldingizda “Oq-tepa”dan boshqa variantlar ham bormidi?
- Ha, takliflar yo'q emasdi. Lekin jiddiylarini ko'rmadim. Birorta klub rahbariyati chaqirib gaplashmadi. Lekin yashirmayman oliy ligada ishlash niyat bor edi.
- “Oq-tepa”ga kelishingiz qanday sodir bo'ldi?
- Bu jamoani shu kunga qadar etib kelishida katta hissa qo'shgan inson G'anisher aka SHog'ulomov bilan munosabatimiz juda zo'r. U kishi bilan ilgari birga to'p tepganmiz ham. Aynan G'anisher akaning taklifi bilan keldim.
- Taklif ko'proq nimasi bilan sizni etiboringizni tortdi?
- Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Birinchi navbatda “Oq-tepa” Toshkent jamoasidir. Uyimga yaqin. Ikkinchi galda jamoaning aniq maqsadi bor. Kelajagi porloq klub. Potenciali yuqori. Aynan ushbu omillar evaziga jamoani qabul qilib oldim.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar