So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Furqat Esonboev: "O'z xohishim bilan istefoga chiqdim" Yangiliklar

Furqat Esonboev: "O'z xohishim bilan istefoga chiqdim"

Joriy mavsum o'rtalarida Oq-tepani qabul qilib olgan Furqat Esonboevning yaqinda istefoga chiqgani haqida xabar bergandik.
Bunga oydinlik kiritish maqsadida murabbiyning o'zi bilan bog'landik.

- Furqat aka, sizni "Oq-tepa" boshqaruvidan ketganingiz haqida eshitdik. SHu rostmi?
- Ha. CHempionat yakuniga etgach, bir oy o'tib ishdan ketish haqida klub prezidenti nomiga ariza yozdim.

- Ushbu qaroringizni qanday izohlaysiz?
- Bu haqda chuqur yondoshadigan bo'lsak, gapiradan gap ko'p. Hozir kimnidir ranjitib qo'ymoqchi emasman. SHunchaki o'zim jamoada ortiq ishlay olmasligimni tushunib etdim.

- Bunga nima sabab?
- Sabablari bisyor. Futbolchidan natija talab qilishdan oldin avvalo unga yaxshi sharoitni yaratib berish lozim. Aytilgan pullar berilishi shart! Keyin safar uchrashuvlariga o'sha kuni yo'lga chiqiladi. Bu birgina "Oq-tepa"dagi xolat emas. Birinchi liganing barcha klubida shu ahvol. O'zingiz o'ylab ko'ring, erta tongda yo'lga chiqasiz. Bahs boshlanay deganda stadionga kirib borasiz va yo'lda charchagan futbolchi o'lik xolatda maydonga tushishga majbur bo'lmoqda. SHunday ekan qanday qilib o'yinchilardan mazmunli harakat qilishlarini va ijobiy natijaga erishishni talab qilamiz. Mayli shunday sharoitda bo'lsa ham safarda yutdik. Ammo uyga qaytgach, oylik va mukofot pullarini olishda turli muammolarga duch kelinishi kishini hunobini oshiradi.

- Klubda ish boshlagan paytingizda "Oq-tepa" klubi prezidenti bilan do'st ekanligingizni aytgandingiz...
- Ha, shunday. Bu  ish! Unda shunday xolatlar bo'lishi tabiiy xol. Umid qilamanki bundan keyin ham munosabatlarimiz iliqligicha qoladi.

- Birinchi ligada ishlagan mutaxassis sifatida aytingchi, chempionat sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Birinchi ligada ahvol juda yomon. Futbolimizning eng og'riqli nuqtasi deyish mumkin. Buni tezroq yaxshi yo'lga qo'yib olishimiz kerak. Aks xolda qiyin bo'ladi yana. Maydonlarning xolatini ko'rib, yig'laysan. Go'yoki shudgor. Buni yashirishni xojati yo'q. Klub tepasida turgan kishilar avvalo sharoitni yaxshilab berishi darkor. Lekin hozir unday emas. SHunga qaramay jamoasini yuqori o'rinlarda yurishini istashadi.

- Sizning ishingizni endilikda yordamchingiz Eldor Sakaev davom ettirish haqida eshitdik?
- Futbolda hech bir jamoa murabbiysiz qolib ketmaydi. Sakaev jamoaga men taklif etgandim. To'g'risi, boshqaruv postiga kimni qo'yishni klub rahbarlari hal qiladi. Balki siz aytgandek, Eldor Usmonovich boshqarar. Jamoaga omad tilayman.

- Murabbiy sifatida uzoq yillik majburiy tatildan keyin yana faoliyatingizni boshlagan edingiz. Hozir esa yana istefodasiz. Yaqin orada sizni boshqa jamoada ko'rishimiz mumkinmi?
- "Oq-tepa"dan ketdi degani bu  futbol bilan baralla xayrlashdi degani emas. Albatta kelgusida biror bir klubdan qoniqarli taklif bo'lsa, borib ishlayman. Lekin hozir uydaman. Qaysidir jamoaga o'tishim mumkin deb aytish noto'g'ri bo'ladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика