"Fulxem" "Arsenal" futbolchisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 dek 2022, 10:20
Portugaliyalik klubini o'zgartirishi mumkin.

"Arsenal" himoyachisi Sedrik Soaresh "Fulxem"ga qiziqish bildirmoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "dachaliklar" 31 yoshli portugaliyalikni yanvar oyida sotib olish niyatida.

Soaresh joriy mavsum "Arsenal"ning asosiy jamoasidan tushib qoldi. U APLda bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi.

Uning 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor, ammo "kanonirlar" uni arzonlashtirilgan narxga qo'yib yuborishi mumkin.

Avvalroq Soaresh "Inter", "Sporting", "Sautgempton" va "Akademika" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports