“Fulad”da yana g'alaba, “Al-Fateh”da yana mag'lubiyat
20 dek 2013 20:25
Yangiliklar

“Fulad”da yana g'alaba, “Al-Fateh”da yana mag'lubiyat
20 dekabr kuni Eron va Saudiya Arabistoni chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Eron pro-ligasida chempionlik uchun birdaniga beshta jamoa jiddiy kurash olib borayotgani joriy yilgi mavsum qanday murosasiz o'tayotganidan dalolat berib turibdi. “Bunyodkor”ning Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichidagi raqibi “Fulad” klubi 19-tur doirasida mehmonda “Damash Gilan” jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Axvazliklarning har ikkala goli braziliyalik Lusiano CHimba hisobiga yozildi. Ushbu hujumchi ayni paytda Eron chempionatining eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib turibdi. 19-turdan so'ng “Fulad” 35 ochko bilan to'rtinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. Peshqadam – “Piruzi”da 36 ochko bor.
Saudiya Arabistoni chempionatida esa CHempionlar ligasidagi raqibimiz “Al-Fateh”ning ishlari yurishmayapti. Mamlakatning amaldagi chempioni safarda “Al-Tavon” bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida mezbonlar vakili Adnan Falatah tomonidan kiritilgan gol uchrashuvda yagona bo'ldi va “Fateh” mag'lubiyatga uchradi. 14-turdan so'ng raqibimizning ochkolari soni 14tani tashkil etmoqda va ular musobaqa jadvalining 10-pog'onasini band etishgan.

Fikrlar