So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  14 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  6 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

"Fulad" akademiyasi haqida fotomaqola (Eksklyuziv) Yangiliklar

"Fulad" akademiyasi haqida fotomaqola (Eksklyuziv)

"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan o'rin olgan oxirgi turni safarda "Fulad"ga qarshi o'tkazdi.
Jamoa o'yindan bir kun oldin charter reys orqali Eronning Ahvaz shahriga etib bordi va ertasi kun (5 may) o'yinni o'tkazgach, kechasi yana charter reys orqali Toshkentga parvoz qildi.

"Fulad" - "Lokomotiv" uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 20:30da boshlangani uchun kunduzi bo'sh vaqtimiz ko'proq edi. SHu bois u erdagi futbol sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida "Fulad" akademiyasi tomon yo'lga chiqdik.

Bizni u erga klub xodimi mehmonxonadan olib ketdi. Malumot uchun shuni aytib o'tishimiz kerak, "Fulad" bolalar va o'smirlar futbol maktabi Erondagi eng mashhur maktablar sirasiga kiradi. Ayni paytda asosiy tarkib jamoasida 10 nafarga yaqin akademiya tarbiyalanuvchisi to'p tepmoqda. Eng mashhur futbolchi esa jamoa sardori Baxtiyor Rahmoni hisoblanadi.

SHu o'rinda "Fulad" akademiyasi bilan yaqindan tanishish uchun barcha sharoitni qilib bergan klub selekcioner-murabbiyi Nenad Nikolichga rahmat aytsak arziydi.

1. Bu "Fulad" futbol klubining mamuriyat binosi hisoblanadi. Birinchi qavatda akademiya rahbariyati, ikkinchi qavatda klub rahbariyati joylashgan.



2. Bolalar uchun sport zalning tashqi ko'rinishi



3. "Fulad" jamoasining asosiy tarkibi uchun shundoq akademiya yonginasida yangi stadion barpo etilmoqda. Rejaga ko'ra, 2016 yil to'liq bitkazilib foydalanishga topshirilar ekan.



4. Akademiya tarbiyalanuvchilari o'yindan oldingi nazariy bilimlarni shu xonada olishadi.



5. Massaj xonasi



6. Biz borgan kuni jamoa sardori Baxtiyor Rahmoni jarohati bois sport zalda shug'ullanayotgan ekan. Suratda chapdan birinchi: Baxtiyor Rahmoni, akademiya direktori va klub xodimi.



7. Sport zalning ichki ko'rinishi



8. Akademiya tarbiyalanuvchilari ovqatlanadigan joy



9. Akademiyada ishlovchi murabbiylar xonasi



10. Akademiya futbolchilari uy uchrashuvlarini mana shu stadionda o'tkazishadi



11. Akademiya futbolchilari istiqomat qiladigan mehmonxona



12. Mehmonxonaning ichki ko'rinishi



13. Mehmonxona navbatchisi o'tiradigan joy



14. Mehmonxona oshxonasi



15. Hamma joyda qurilish ketmoqda



16. Akademiya mamuriyati binosining ichki ko'rinishi



17. Yosh futbolchilar qo'lga kiritgan sovrinlar va yutuqlar



18. Bino ichidagi devorlarda akademiya futbolchilarining suratlari yopishtirib chiqilgan



19. Binoning ichki ko'rinishi



20. Yosh bolalar oldiga qo'yiladigan maqsad: asosiy tarkib futbolchilaridan o'rnak olish va ularga o'xshashga harakat qilish



21. Dahlizdagi devorning ko'p joylarida mana shunday suratlar yopishtirib qo'yilgan



22. Yana bir-ikki yildan so'ng "Fulad" uchun yangi stadion bitib qolsa ajab emas.



Xulosa o'rnida: "Fulad" akademiyasiga borib va u erdagi sharoitlarni ko'rib shunga amin bo'ldimki, bizda bolalar futboli uchun mavjud shart-sharoitlar ortiq bo'lsa ortiqki, aslo kam emas. "Fulad" futbol klubida akademiya murabbiylariga katta etibor berilar ekan. Har bir guruh bilan ikki nafar murabbiy ishlaydi. SHuningdek, har bir guruhning o'z shifokori bor. Ehtimol shuning uchun bo'lsa kerak, har yili Erondan ko'plab yosh yulduzlar etishib chiqadi.

Bizda ham bolalar murabbiylari etarli. Faqat ularga ko'proq etibor qaratib, ko'proq ish o'rinlari bilan taminlash lozim. SHuningdek, murabbiylarni har yili malaka oshirish kurslarida o'qitish kerak. CHunki murabbiy kuchli bo'lsagina, qo'l ostidagi o'yinchilardan kuchli futbolchini etishtirib beradi. Agar bizda ham bolalar futbolidagi ish jarayoni to'g'ri yo'lga qo'yilsa, tanish-bilish, yosh kichraytirish, turli qo'ng'iroqlar kabi illatlar yo'qolsa, bizdan ham xuddi Erondagi kabi mashhur futbolchilar etishib chiqadi.

Fotosuratlarda ko'rdingiz, "Fulad" akademiyasi hech bir jihati bilan bizni hayron qoldira olmaydi. Oddiygina, kerak bo'lsa qarovsiz futbol maktabiga o'xshab qolgan. Lekin shu erdan ham Eron terma jamoasiga nomzod futbolchilar etishib chiqayotgan ekan, demak ularda ishlash tizimi to'g'ri yo'lga qo'yilgan. To'g'ri, sharoitda gap ko'p, lekin avvalo tizimni yo'lga qo'yib olish lozim bo'ladi. Ishonamizki, qachondir bizda ham bolalar futboli yuqori darajaga ko'tariladi va o'zimizning qorako'zlardan ham Evropada darajasidagi o'yinchilar etishib chiqadi.

Xayrulla Xoliqov,
Toshkent - Ahvaz - Toshkent.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика