Frenk Lempard: "Men Mourinoning buyukligiga shubha qilmayman"
03 apr 2015 17:24
Yangiliklar


Frenk Lempard: "Men Mourinoning buyukligiga shubha qilmayman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Frenk Lempard "CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinoga minnatdorchilik bildirdi.
"Mourino - brilliant. Unda buyuk murabbiylarga kerak bo'ladigan barcha sifat bor. Uning buyukligiga shubha qilmayman, chunki Mourino faoliyatimni shakllanishiga yordam bergan. U "CHelsi"ga kelganida o'zimga ishonch etishmas edi. Mourino mening eng yaxshi taraflarimni ochib berdi. Bu uning qo'lidan keladi. U bilan birga har qanday futbolchi eng yaxshiga aylanishi mumkin" - deydi Lempard.

Fikrlar