So’nggi yangiliklar

00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  2 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  0 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1

Frenk Lempard “Bavariya” bilan o'yindan so'ng: “Jiddiy saboq oldik” Yangiliklar

Frenk Lempard “Bavariya” bilan o'yindan so'ng: “Jiddiy saboq oldik”

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan “CHelsi” – “Bavariya” (0:3) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Frenk Lempard o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Asosiy xatolarimiz maydonda juda ham ko'p bo'sh zonalar qoldirganimiz sabab kelib chiqdi. Kuchni to'g'ri taqsimlay olmadik. “Bavariya”ning imkoniyatlarini etarlicha o'rganib chiqqandim, biroq ular kecha ikki barobar ziyod potencialda o'ynashdi. SHogirdlarim baribir asosiy etiborni Levandovskiga qaratishdi. Natijada Gnabri ko'p vaziyatlarda ochiq qoldirildi va jazolandik. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda ham deyarli yutqazdik. Mehmonda bo'la turib ular juda erkin o'ynashdi. Ayniqsa, shogirdlarimning to'p uchun yakkama-yakka kurashlarda oxirigacha bormaganligi menga yoqmadi. Ketma-ket kiritilgan gollar jamoa ruhiyatiga salbiy tasir qildi. SHundan keyin ular o'ynamay qo'yishdi. 

Hakamlar borasida etirozim yo'q. Uchrashuv boshidan oxirigacha adolatli bo'ldi deyishim mumkin. “CHelsi”dek klubning bir necha yillardan buyon shu pley-off bosqichidan uzoqqa bora olmayotgani achinarli hol. Londonning o'zidayoq jiddiy saboq oldik, barchamiz uchun og'ir kecha bo'ldi. Keyingi o'yinga gollar hisob-kitobini qilish uchun bormaymiz. Hozir buni o'ylaganim yo'q. SHunchaki, inglizcha futbolni ko'rsata olsak, hammasi yaxshi tomonga o'zgarishi mumkin”, - deydi londonliklar ustozi.

Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 19 mart kuni Myunxendagi “Allianc Arena” stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика