Fredning transferi Ukraina tarixidagi eng qimmati bo'ldi
06 iyu 2018 10:48
Yangiliklar


Fredning transferi Ukraina tarixidagi eng qimmati bo'ldi
Kecha, 5 iyun kuni "Manchester Yunayted" 60 mln. evro evaziga "SHaxtyor"dan braziliyalik yarim himoyachi Fredni sotib oldi.
SHunday qilib, 25 yoshli xavbek Ukraina futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord "SHaxtyor" sobiq futbolchisi Aleks Teysheraga tegishli edi. Teyshera 50 mln. evro evaziga "Csyanzu Sunin" klubiga o'tgan.
So'nggi mavsum Fred "SHaxtyor" safida 37ta uchrashuv o'tkazib, 4ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar