Frank Riberi: "Evropada "Bavariya"dan boshqa jamoada o'ynamayman"
15 dek 2014 01:02
Yangiliklar


Frank Riberi: "Evropada "Bavariya"dan boshqa jamoada o'ynamayman"
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi o'z klubiga bo'lgan sadoqatini bildirib o'tdi.
Evropada men faqat "Bavariya"da o'ynashim mumkin. Meni yuragim faqat "Bavariya"ga uradi. Men bu klubga juda bog'lanib qolganman. Men kelajakda o'zimni Qatarda, Dubayda yoki MLSda o'ynashimni tasavvur qila olaman. Lekin Evropada "Bavariya"dan boshqa jamoa safida o'ynashimni tasavvur eta olmayman. Bu klubga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi. Myunxenda 8 yildan buyon yashayman va "Bavariya"da to'p surib kelmoqdaman. Biz oilamiz bilan shu erda o'sib, ulg'ayib kelmoqdamiz. O'g'lim Myunxenda tug'ildi, qizim shu shaharda katta bo'lmoqda. Biz "Bavariya" bilan bir oilaga aylanganmiz. Bolalarim nemischada mendan ko'ra yaxshiroq gaplasha olishadi.
Eslatib o'tamiz, Frank Riberining "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2017 yilga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Frank Riberining "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2017 yilga qadar mo'ljallangan.

Fikrlar